Ayrim qarorlarga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
● tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat reyestrini kreditorlar uçun zarur böladigan qöşimça ma’lumotlar bilan töldiriş;
● reyestrdan köçirma oliş yiğimi miqdorini kamaytiriş;
● yuridik şaxslarning vakolatxona va filiallarini taşkil etiş (tugatiş) haqida davlat röyxatidan ötkazuvçi organni xabardor qiliş tartibini joriy etiş;
● ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi şakldagi reklama joyining pasportiga almaştiriş uçun ariza topşiriş muddatini Toşkent şahrida 2024 yil 1 iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024 yil 1 iyulga qadar uzaytiriş, taşqi reklama böyiça tegişli tölov va yiğimlardan oxirgi beş yil muddat uçun qarzdorlikni tadbirkor tomonidan 9 oy muddatga teng miqdorda bölib tölaş şarti bilan ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangisiga almaştiriş.
Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestri tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik şaxslar tuzilganligi, qayta taşkil etilganligi, faoliyati töxtatilganligi, tugatilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor tuzilganligi, faoliyati töxtatilganligi yoki tugatilganligi va ularga oid boşqa ma’lumotlar) töğrisidagi ma’lumotlarni yurituvçi birlamçi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, banklar va kredit byurolariga tegişli ma’lumotlar bundan mustasno.
Adliya vazirligiga bir oy muddatda:
● tadbirkorlik sub’yektlari bölgan yuridik şaxslarning vakolatxona va filiallarini taşkil etiş (tugatiş) haqida davlat röyxatidan ötkazuvçi organni xabardor etiş;
● avtomatlaştirilgan tizimda tadbirkorlik sub’yektlari haqida ma’lumotlar oliş (qidiriş) jarayonlarini soddalaştiriş topşirilsin.












