Quvandiq Bişimbayev sud örindiğida. Foto: tengrinews.kz

43 yoşli Bişimbayevning özi aybini tan olmayapti. Uning aytişiça, xotini öşa kuni spirtli içimlik içib, «jazavasi» bilan uni «provokatsiya» qilgan. Sobiq vazirning bu sözlari nafaqat Qozoğistonda, qöşni davlatlarda ham jamoatçilik rezonansini keltirib çiqargan. Sudlanuvçilar örindiğida uning amakivaççasi Baxtjan Bayjanov ham bor.

Sud hakamlar iştirokida ötkazilmoqda, buni Bişimbayevning özi iltimos qilgan. Uni 31 yoşli şar’iy nikohdagi rafiqasi Saltanat Nukenovani şafqatsizlik bilan qiynab öldirganda ayblaşmoqda.

Tergov versiyasiga köra, ötgan yilning 9 noyabrga ötar keçasi Bişimbayev rafiqasini restoranda ölasi qilib kaltaklagan va VIP kabinaning polida 6–8 soatga qarovsiz qoldirgan.

Sobiq vazirning amakivaççasini esa jinoyatni yaşirganlik va öz vaqtida xabar bermaganlikda ayblaşmoqda — uning topşiriği bilan kuzatuv kameralaridagi yozuvlar öçirib taşlangan.

«Tez yordam örniga folbinga qönğiroq qilgan»

3 va 4 aprel kunlari sudda Bişimbayev söroqqa tutildi. U Nukenova ölgan kundagi voqealar böyiça öz versiyasini sözlab bergan. Uning sözlariga köra, öşa keça xotini u bilan uç şişa öynoq şarob içgan va örtalaridagi munosabatga «oydinlik kiritiş»ga harakat qilgan.

Ayblanuvçining hikoya qilişiça, bahs-janjal asnosida Nukenova uni boloxonador qilib haqorat qilgan va özi sovğa qilgan qimmatbaho tilla taqinçoqlarni unitazga oqizib yuborgan.

Saltanat Nukenova. Foto: bizmedia.kz

«U unitazga yuztuban, menga orqa ögirib engaşdi. U meni uşlaydi deb öyladi va qattiq yulqinib qölimdan çiqib ketdi, men uni qöyib yubordim va yuzi bilan unitazga yiqildi. Qattiq yiqildi», — deya hikoya qilgan Bişimbayev juvonning yuzidagi jarohatlarni tuşuntirib.

Uning sözlariga köra, ayol turayotib «hojatxonaning kafelli poliga yuztuban yiqilgan». Sobiq vazir xotinini öziga keltiriş uçun uç-tört marta tepganini tan olgan. Lekin u zarbalar asnosida «heç qanday hayotiy muhim a’zolarga zarar yetkazmagani»ni ta’kidlagan.