Andijon viloyatida yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab va boğçalar buziladi. Bu haqda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovning tegişli qarori qabul qilindi.

Qayd qilinişiça, 11 ta maktab va 9 ta boğça buziladi. Bunga Andijon viloyati Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xati asos qilib olingan. Binolarni buzişdan olingan yaroqli materiallarni balansda saqlovçi taşkilotlarga kirim qilinadi. Buzilişdan böşagan yer maydonlari ta’lim boşqarmasi balansida qoldiriladi.

Buzilişi belgilangan binolardan ikkitasi Andijon şahrida joylaşgan. Andijon tumanida — bitta, Asakada, Böston, Jalaquduq, Marhamat va Oltinkölda — ikkitadan, Şahrixonda esa uçta obekt buziladi. Şuningdek, Paxtaobod, Xöjaobod, Izboskan, Qörğontepada bittadan bino buziladi.

Binolarning eng eskisi 1937 yilda, yana ikkitasi 1938 yilda qurilgan. Yaroqsiz holatga kelib qolgan binolar orasida 1985 yilda qurilgan maktabgaça ta’lim taşkiloti ham bor.