Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin «Krokus Siti Holl»da sodir etilgan teraktni tergov qilayotgan Rossiya huquq-tartibot organlari xalqaro huquq normalari va prinsiplariga, ayniqsa aybsizlik prezumpsiyasi va qiynoqlarga taqiq haqidagi qismiga rioya etişi kerakligini aytdi. «Aziya-Plyus» naşri xabariga köra, u bu haqda 12 aprel kuni Minskda MDH davlatlari taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida töxtalib ötgan.
«Oçiq axborot maydonida terrorçilik akti sodir etişda gumonlanayotganlarga tan jarohati yetkaziş tarzidagi qiynoqlar qöllangan holda hibsga olingani aks etgan tasvirlarni namoyiş etişga yöl qöyib bölmaydi. Bu yöl bilan olingan iqrorlar qiymati barçaga yaxşi ma’lum», — degan vazir.
TIV rahbari şuningdek «yaxşi öylanmagan axborot kampaniyasi» natijasida «Tojikiston fuqarolari va tojiklarga nisbatan salbiy tuşunça şakllanayotgani»ni qayd etib ötgan.
Uning sözlariga köra, Tojikiston terakt böyiça tergov xolis va adolatli bölişini, barça: «taşkilotçilar ham, ijroçilar ham, şeriklar ham, uşbu qörqinçli jinoyat buyurtmaçilari ham» jazoga tortilişini kutmoqda.
Avvalroq Tojikiston bandlik vazirligi «Krokus» teraktidan keyin Rossiyada tojikistonliklarga zulm ötkaziş holatlari ortgani va mamlakat fuqarolari Rossiyani yoppasiga tark eta boşlagani haqida ma’lum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Krokus» uçun «qasos» sifatida uşbu respublika vakillariga qilingan hujumlar haqida xabarlar paydo bölgan.
- 22 mart kuni keçqurun qurollangan şaxslar Moskva çekkasidagi Krasnogorsk şahrida «Krokus Siti Holl» konsert zaliga bostirib kirgandi. Ular «Krokus» xodimlari va konsertga kelganlarni öqqa tutgan, keyin esa zalga öt qöyib yuborgandi. Natijada 144 kişi halok böldi, 500 dan ortiq kişi yaralangan.
- 25 mart kuni Moskvadagi Basmanniy rayon sudi teraktni ijro etişda gumonlanayotgan tört kişini qamoqqa oldi — Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Şamsiddin Fariduni. Sud zalida olingan fotosuratlar va videolarda ayblanuvçilar kaltaklangani izlari körinib turgan: Mirzoyevning böynida qiynoq çoğida qöllangan paket parçasi qolgan, Rajabalizodaning bir quloği bintlangan, qölga oliş çoğida kuçişlatar idoralar xodimlari uning öng quloğining bir qismini kesib olib, oğziga solib qöyişgandi, Fayzovni esa sudga katalkada olib kelişgan — telegram-kanallarda tarqalgan ma’lumotga köra, qölga oliş çoğida uning bir közi öyib olingan.
- Terakt böyiça jami 11 kişi qölga olingan. Ularning bir nafaridan boşqa barçasi — Tojikiston fuqarolaridir.













