Qaşqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir qança hududlarida keça tunda va bugun ertalab yoğib ötayotgan kuçli yomğirlar tufayli sel hodisalari kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari sel hodisalari tasvirlangan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda.
Jumladan, 2024 yil 12 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida kuçli sel oqib ötgan.
Bugun, 13 aprel kuni tongda boşlangan kuçli yomğir tufayli Samarqand viloyatining Nurobod va Urgut tumanidagi soylardan sel oqmoqda. Samarqand şahrining bir neçta köçasini suv bosgan.
Jumladan, Nurobod tumani Sariköl, Anjirli va Jom qişloqlaridan ötgan soyda sel kelgan. Şuningdek, sel A-378 Samarqand-Ğuzor yölining bir qismini suv bosişiga sabab bölgan.
Samarqand şahrida xalq tilida “Makaronka” deb ataluvçi köçani yana suv bosgan va yöl avtomobillar harakati uçun tösilib qolgan.
Jizzax viloyatining Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov tumanlarida sel hodisasi kuzatilgan. Şarof Raşidov tumani Beşovul qişloğida oqqan sel Jiguli maşinasini qum-şağalga töldirgan.
Sel hodisalari aholiga zarar yetkazgani haqida xabar berilmadi. Suv asosan soylarda oqmoqda.
Ma’lumot uçun, avvalroq Özgidromet 13-14 aprel kunlari Özbekistonning markaziy viloyatlarida kuçli yoğingarçiliklar sodir bölişi haqida prognoz qilgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa sel hodisasi kuzatilgan paytda aholi qanday çoralar körişi böyiça tavsiyalar bergandi.












