Bugun kunduzi Özbekiston hududi böyiça yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida ayrim joylarda yomğirlar kuçli böladi. Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir keçga tomon boşlanadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
“Özgidromet” xabariga köra, havo harorati +15...+20 daraja atrofida böladi. 16 aprel kuni Farğona vodiysida, keçasi va ertalab esa Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomğir yoğişi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
17-19 aprel kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin kötariladi va iş haftasining oxiriga borib +25...+28 darajaga, şimolda va janubda +29...+31 darajaga yetadi.
Toğoldi va toğli hududlarda 15-16 aprel kunlari yomğir yoğadi, 15 aprelda ba’zi joylarda kuçli böladi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toğlarda qor köçişi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Poytaxtda 15 aprelda kunduzi vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 16 aprelda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğadi. Harorat kunduz kunlari asosan +15...+20 daraja böladi. 17-19 aprel kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduz kunlari harorat +23...+27 darajagaça asta-sekin kötariladi. Harorat keçalari asosan +7...+12 daraja böladi.












