Birlaşgan Arab amirliklarining (BAA) Dubay şahrida kuçli jala quyişi oqibatida suv toşqini yuz berdi. 

Hodisa tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Lavhalarda yaşin çaqnagani, kuçli jala quygani, köçalarni, metroni suv bosganini köriş mumkin. 

Suv toşqini oqibatida Dubay xalqaro aeroporti faoliyati ham çeklandi. Aeroport hududi va uçiş-qöniş yölaklari suv ostida qolgani tufayli samolyotlar parvozi keçiktirilmoqda. 

Uzbekistan Airways xabariga köra, ob-havo şaroiti noqulayligi va kuçli yomğirlar tufayli, HY334 «Dubay - Toşkent» aviaqatnovi keçiktirilgan. Qayd qilinişiça, havo kemasi qariyb 7 soatlik keçikiş bilan Toşkentga yetib kelişi kutilmoqda.