Hujjat davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş tartibini belgilaydi.

Uslubiyotga köra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaşdan asosiy maqsad davlat organlari funksiyalarini bajariş jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga sabab bölişi mumkin bölgan omillarni aniqlaş, ularning xavf darajasini baholaş va örta hamda yuqori xavfli jarayonlar böyiça tegişli çoralarni belgilaşdan iborat.

Baholaş natijasida jarayonlar reyestri, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, ularni kamaytiriş yoki bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar dasturi hamda korrupsiyaviy xavfi örta va yuqori bölgan lavozimlar röyxati şakllantiriladi.

Bundan taşqari, korrupsiyaga moyil munosabatlarning elektron reyestri yuritilişi va monitoring hisoboti tayyorlanişi nazarda tutilgan.

Rahbar şaxsan javobgar böladi

Davlat organi yoki taşkilotining birinçi rahbari korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaşni lozim darajada taşkil etiş, natijalarning töliq va işonçli bölişini taʼminlaş hamda belgilangan çora-tadbirlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.

Korrupsiyaviy xavflarni baholaşda davlat xaridlari, byudjet mablağlari, subsidiya va grantlarni taqsimlaş, litsenziya va ruxsatnomalar beriş, davlat xizmatlarini körsatiş, xodimlarni işga qabul qiliş va lavozimga tayinlaş kabi jarayonlar qamrab olinadi.

Şuningdek, davlat aktivlarini boşqariş, jarima va sanksiyalar qöllaş, huquqni muhofaza qiliş, tergov va suriştiruv, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaat va şikoyatlarini körib çiqiş kabi yönalişlarda ham korrupsiya xavfi baholanadi.

Qaysi holatlar şubhali deb baholanadi?

Hujjatda korrupsiya xavfini körsatişi mumkin bölgan bir qator şubhali holatlar belgilangan. Ular orasida xodimning keng diskretsion vakolatlarga egaligi, qaror qabul qiliş mezonlarining aniq belgilanmagani, manfaatdor şaxslar bilan bevosita muloqot imkoniyati va mustaqil nazorat mexanizmlarining yetarli emasligi bor.

Şuningdek, qarorni asossiz rad etiş, keçiktiriş yoki tezlaştiriş imkoniyati, jarayonning bir neçta muhim bosqiçini bitta şaxs bajarişi, ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi va qarorlarni yetarli nazoratsiz yopiq tartibda qabul qiliş holatlari ham alohida tahlil qilinadi.