Prezident Şavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi musobaqalarining ğolib va iştirokçilariga tabrik yölladi.
Tabrikda qayd etilişiça, uşbu nufuzli bellaşuvlar faqat birinçilik uçun kuraşiş emas, teran falsafaga ega bölgan tarbiya va maʼnaviyat anjumani sifatida ham ötganini taʼkidlaş lozim.
“Qizğin ruhdagi musobaqalar öğil-qizlarimiz örtasida özaro hurmat va döstlik muhitini yanada mustahkamlab, ularning sport va hayot haqidagi bilimlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yuksaltirgani ayniqsa muhimdir.
Bu öyinlar Yangi Özbekistonda olimpiya harakatini yanada rivojlantiriş borasida mutlaqo yangiça yondaşuv va milliy tajriba asosida taşlangan ulkan amaliy qadam sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Eng muhimi, uşbu tizim ğalabaga çanqoq, şijoatli va tirişqoq ming-minglab sportçi yoşlarimiz uçun katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, hududlarimiz örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantirmoqda”, deyiladi tabrikda.
Şuningdek, tabrikda ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida keçgan bellaşuvlarda yuqori natija va rekordlar qayd etilgani eʼtirof etilgan.
“Ayniqsa, qaşqadaryolik qizimiz Kumuş Köçkinova qatʼiy iroda körsatib, bir yöla sportning ikki turi – dzyudo va kuraş böyiça oltin medallarni qölga kiritib, öz muxlislariga yorqin hayajonli daqiqalarni taqdim etdi.
Toşkentlik Aişa Yenina esa badiiy gimnastikaning yakka köpkuraş, tasma va töp bilan maşqlarida – uçta oltin, şuningdek, halqa yönalişida – kumuş, bulavalar bilan maşqda bronza medalini qölga kiritib, öz nomini uşbu öyinlar tarixiga muhrlab qöydi.
Şiddatli bahslarda yana bir qança yoşlarimiz ham rekord natijalarga erişib, Yangi Özbekistonda qanday isteʼdodli avlod voyaga yetib kelayotganini namoyon etişdi. Xususan, Toşkent viloyati vakili – oğir atletikaçi qizimiz Muştariy Örolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast kötarişda 109 kilogramm, siltab kötarişda 136 va ikki kuraş yakuniga köra 245 kilogramm natija bilan jahon rekordini örnatganini, Şerdor Eşpölatov, Ikrom Möminboyev, Behröz Hasanov, Soliha Bahodirova, Dilfuza Yöldoşeva, Zuhra Ibrohimova esa uşbu yönalişda Özbekiston rekordini yangilagani hamda parasuziş böyiça andijonlik Hikmatulla Haydaraliev, qoraqalpoğistonlik Şahnoza Yerejepbayeva 4 ta oltin medalni qölga kiritganini faxr bilan qayd etamiz.
Sirdaryolik yengil atletikaçi qizimiz Durdona Jumanqulova uç kuraş bellaşuvlarida 2014 oçko jamğarib, bu toifadagi bellaşuvlarda 14 yoşli sportçilarimiz orasida eng yuqori natijaga erişgani ham barçamizni mamnun etdi”, deyiladi prezident tabrigida.





