“Toşşahartransxizmat” AJ 82-sonli yönalişdagi avtobus haydovçisi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini maʼlum qildi.

Xabar qilinişiça, voqea 7-noyabr kuni sodir bölgan.

Haydovçi J.Z. yölovçilarni avtoşohbekatda tuşirib, avtobusni töxtatgan vaqtida ehtiyotsizlik va texnik qoidalarga amal qilmaslik oqibatida transport vositasining qöl tormozini faollaştirmagan hamda özi avtobusni tark etgan.

Oqibatda avtobus öz-özidan harakatlana boşlagan.

Transport vositasini töxtatişga uringan haydovçi avtobus ostida qolgan va vafot etgan.