Gurjiston parlamentining huquqiy masalalar böyiça qömitasi deyarli 10 soat davom etgan yiğilişdan söng «çet el agentlari» haqidagi bahsli qonun loyihasini ikkinçi öqişda qöllab-quvvatladi. 29 aprel, duşanba kungi muhokama çoğida ikki deputat örtasida yana muştlaşuv sodir böldi. Muxolifat vakili Xatiya Dekanoidze hukmron «Gurjiston orzusi - Demokratik Gurjiston» partiyasi deputatlarini Rossiyaga yaqinlikda aybladi va oğzaki janjal paytida deputat Guram Maçaraşvilini suv idişi bilan urdi.
Voqeadan köp ötmay majlisning rasmiy jonli efiri uzilib qolgan. Mahalliy OAV qömita raisi Anri Oxanaşvili reglamentni buzgani uçun 14 muxolifat deputatini yiğilişdan çetlatganini xabar qildi. 30 aprel kuni «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasi parlament yalpi majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Tbilisi markazida hukumat tarafdorlarining mitingi
Parlament qömitasidagi bahs-munozaralardan söng Tbilisi markazida hokimiyatni qöllab-quvvatlovçi miting bölib ötdi. Rustaveli şohköçasidagi mitingga tayyorgarlik ertalabdan boşlangan, markaziy köça tösib qöyilgan va munitsipal xizmatlar bir kun avval bölib ötgan «çet el agentlari» haqidagi qonunga qarşi namoyişlar izlarini olib taşlagan. DW muxbirining sözlariga köra, mitingda 100 mingdan ortiq odam iştirok etdi, ularning aksariyati örta va keksa yoşdagilardir. Şu bilan birga, qöşni köçalar Gurjistonning boşqa viloyatlaridan namoyişçilar olib kelingan avtobuslar bilan tölib-toşgan.
Mitingda Tbilisi meri Kaxa Kaladze va boşqalar sözga çiqib, göyoki ğarb pullari hisobiga uyuştirilişi mumkin bölgan inqilob ehtimoli haqida e’lon qildi. Sahnadagi iştirokçilar vaqti-vaqti bilan qarsaklar bilan notiqlarni qöllab-quvvatladi, ammo şundan söng ular yana çiqiş qilayotgan şaxs sözlariga qiziqişni yöqotgan, deb xabar beradi DW muxbiri. Bundan taşqari, mitingda «Gurjiston orzusi»ning faxriy raisi, milliarder Bidzina Ivanişvili, partiya yetakçilari Mamuka Mdinaradze va Irakliy Garibaşvili sözga çiqdi.
«Çet el agentlari» töğrisidagi qonunga qarşi namoyişlar
Gurjiston poytaxti Tbilisida 29 aprelga ötar keçasi parlament binosi yonida Rossiyaning «çet el agentlari» töğrisidagi qonuni öxşaşi bölgan «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasiga qarşi bölib ötgan minglab kişilarning namoyişida vaziyat keskinlaşdi. Bir neça yuzlab politsiyaçilar tayoq va közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalanib, namoyişçilarni qölga olişni boşladi.
Gurjistonda sönggi bir neça kun içida muxolifat kuçlari parlament tomonidan «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun qabul qilinişiga qarşi norozilik namoyişlari ötkazib, uni Gurjiston parlamentidan çaqirib olişni talab qilmoqda.
YeI Tbilisini bahsli qonun loyihasini qaytarib olişga çaqirdi
Yevropa Ittifoqi Gurjiston hukumatini «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasini qaytarib olişga çaqirmoqda. Bu haqda Yevroparlament minbarida 23 aprel kuni bölib ötgan debatlar çoğida inqirozlarni boşqariş böyiça Yevropa komissari Yanez Lenarçiç aytdi. «Bu qonun loyihasi Yevropa me’yorlari va qadriyatlariga töğri kelmasligi aniq, agar u qabul qilinsa, Gurjistonning kelajakdagi Yevropa yölini xavf ostiga qöyadi», dedi Yevropa komissari.
Gurjiston parlamenti qonun loyihasini 17 aprel kuni birinçi öqişda qabul qildi. «Çet el agentlari» qonuniga köra, moliyalaştirişning 20 foizdan ortiğini xorijdan oladigan nodavlat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari xorijiy manfaatlarni olğa suruvçi taşkilot sifatida röyxatdan ötişi şart.












