Gurjiston Boş prokuraturasi 11-sentabr kuni Georgiy Baramidze sud qarori asosida hibsga olinganini maʼlum qildi. U mamlakatda boş vazir vazifasini bajargan, şuningdek, mudofaa va içki işlar vaziri lavozimlarida işlagan.

58 yoşli Baramidze ayni paytda Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili asos solgan muxolifatdagi «Yagona milliy harakat» partiyasi yetakçilaridan biri hisoblanadi.

Gurjiston boş prokurori örinbosari Amiran Guluaşvilining bildirişiça, Baramidzega «vatanga xiyonat, aniqroği, sabotaj» böyiça ayblov qöyiladi.

Abxaziya uruşi haqidagi gaplari işga sabab bölgan

Jinoyat işi Baramidzening 18-iyul kuni muxolifatçi siyosatçi Yago Xviçiyaning YouTube-kanalida efirga uzatilgan «Gurjistonning tuğilişi» dasturida aytgan fikrlari ortidan oçilgan.

Boş prokuratura maʼlumotiga köra, Baramidze suhbat davomida 1992–1993-yillardagi Abxaziya uruşi boşida gruzin harbiylari asir olmagani, balki qölga tuşganlarni joyida otib taşlaganini aytgan. Uning sözlariga köra, şu sababli gurji tomonida, Abxaziya tomonidan farqli ravişda, asirlarni almaşiş uçun «almaşuv fondi» bölmagan.

Baramidzening uşbu bayonoti böyiça tergov 7-avgust kuni Gurjistonning Veteranlar işlari böyiça davlat xizmati şikoyatidan söng boşlangan.

Boş prokuratura esa tergov davomida gurji armiyasi asirlarni otib taşlaganini tasdiqlovçi faktlar aniqlanmaganini bildirgan.

Idora Baramidzening gaplarini «asossiz va soxtalaştirilgan» deb baholagan. Prokuratura talqiniga köra, uning bayonoti «qasddan qilingan mafkuraviy va tarğibot xarakteriga ega» bölib, Gurjistonning davlat va milliy manfaatlari, taşqi xavfsizligi, mudofaa qobiliyati hamda davlat institutlariga zarar yetkazişga xizmat qiladi.

Şuningdek, prokuratura Baramidzening sözlari Gurjiston imiji va mamlakat Mudofaa kuçlari obrösiga zarar yetkazgani, Abxaziya uruşi qatnaşçilari va halok bölgan harbiylarning şaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilganini iddao qilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar, şuningdek, bu bayonot mojarodan jabrlangan aholi örtasida yaraşuv va işonçni mustahkamlaş jarayoniga xavf tuğdirgani, Gurjistonning tinçlik va deokkupatsiya siyosatiga putur yetkazgani hamda davlat idoralarining normal faoliyatini qiyinlaştirganini bildirgan.