18-19 may kunlari “Humo Arena”da 10 nafar yetakçi mahalliy va xorijiy sotuvlar böyiça ekspertlar çiqiş qiladilar va sotuvlarni oşirişning amaliy vositalari bilan örtoqlaşadilar.
Forum doirasida 50 ta yetakçi brendlar iştirokida birinçi “Yil brendi 2023” körgazmasi va 25 ta nominatsiyada iste’molçilar hamda ekspertlar hay’ati tanloviga köra “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlaş marosimi ötkaziladi. Bu yil forumning boş hamkori mamlakat banklari örtasida eng yirik xususiy bank va faollik böyiça yetakçi bölmiş “ Kapitalbank” böldi.
“Forumning noyobligi şundaki, u mamlakatimizda sotuvçi kasbiga bağişlangan ilk forum böladi. Biz zamonaviy sotuvçi maqomi va imkoniyatlariga uning faoliyatining qimmati va har qanday biznesdagi ahamiyati nuqtai nazaridan kompleks yondaşdik. Forum bozorimizda tovarlar va xizmatlar taklif etuvçilar uçun kuçli motivatsiya beradi,- deydi Özbekiston marketing uyuşmasi raisi, MAKON taşkilotçisi Diyor Mirzaahmedov. Forumning asosiy vazifasi – qöllanilayotgan vositalarni “puxtalaş” va zamonaviy sotuvlarning yangi imkoniyatlaridan xabardor böliş uçun eng faol mutaxassislarni jamlaş”.
“Biz uçun marketing va sotuvlar böyiça mutaxassislar hamjamiyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, tajriba va eng yaxşi amaliyotlar bilan örtoqlaşiş mumkin,- deydi “ Kapitalbank” Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Sardor Ismoilov. – Mamlakatdagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri sifatida bizning vazifamiz – bankka mijozlar jalb qiliş va mahsulotlarimiz haqidagi axborotni yetkaziş bilan kifoyalanib qolmay, moliyaviy savodxonalik asoslarini, biznes yuritişni, budjetni rejalaştirişni va boşqalarni örgatiş hamdir. Aminmanki, Özbekiston marketing va sotuvlar sohasidagi eng muhim voqealardan biriga aylanişga ulgurgan forum bu yil ham biz va bozordagi hamkasblarimizga yangi ğoyalar manbasi böladi”.
Forum spikerlari sotuvlar böyiça eng maşhur mahalliy ekspertlar va tört nafar rossiyalik trener bölib, ular forum doirasida, çiqiş qilişdan taşqari, sotuvlar bölimlarining rahbarlari uçun noyob mahorat saboqlari ham ötadilar.
Murod Nazarov, Murad Buildings”, “Nest One” va NRG asosçisi. Development sohasida 20 yillik tajribaga ega muvaffaqiyatli tadbirkor. Uning rahbarligi ostida kompaniyalar jami maydoni 575 000 kv.m. bölgan noyob köçmas mulk obektlarini muvaffaqiyatli topşirdilar. Murod şaxsiy brend sotuvlarga qanday yordam berişi haqida sözlab beradi.
Anvar Abduqayum, “Toy Bola” öyinçoqlar brendi asosçisi. Sotuvlarda 20 yildan ortiq tajribaga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunaçilari – million atrofida. Anvarning çiqişi işontiriş san’ati va muvaffaqiyatli sotuvlarda uning ahamiyatiga bağişlanadi.







