«Çegara bilmas muxbirlar» (RSF) xalqaro inson huquqlari taşkiloti 3 may, juma, Jahon matbuot erkinligi kunida özining yillik global matbuot erkinligi reytingini e’lon qildi. Taşkilot ta’kidlaganidek, dunyo böylab ommaviy axborot vositalari erkinligi bilan boğliq vaziyat keskin yomonlaşişda davom etmoqda – jurnalistlarga hujumlar soni, şuningdek, OAV xodimlarining mehnat şaroiti «falokatli» deya ta’riflangan mamlakatlar soni ortib boryapti. Taşkilot yillik reytingidan ma’lum bölişiça, ötgan yili dunyoning 36 davlati mustaqil jurnalistika amalda imkonsiz bölgan davlatlar toifasiga kirdi. Bu sönggi ön yildagi antirekorddir.
Saylovlar - jurnalistlar uçun xavf omili
Reytingga ilova qilingan hisobotda qayd etilganidek, saylovoldi taşviqotlari ovoz beriş kunidan oldin ham, keyin ham jurnalistlar uçun alohida xavf tuğdiradi. Haqorat va jismoniy zöravonlik - bu turli mamlakatlarda, jumladan Germaniyada ham muxbirlar duçor böladigan holat. «Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti ta’kidlaganidek, uşbu vaziyat nafaqat AQŞdagi prezidentlik saylovlari, balki Germaniyaning uçta federal yerlarida 2024 yil sentabrida bölib ötadigan mintaqaviy saylovlar arafasida ayniqsa taşvişli.
«Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan zöravonlik kölamining oşib borayotgani qörqinçli tendensiya. Avtokratlar, lobbistlar va demokratiya duşmanlari har qanday holatda ham mustaqil reportajlarga tösqinlik qilişga urinmoqda», - dedi «Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti boş direktori Anya Osterxaus. Uning sözlariga köra, bu holat qabul qilinişi mumkin emas va demokratik hukumatlar jurnalistlarni himoya qiliş uçun köproq harakat qilişi kerak. Çunki «matbuot erkinligi - saylovçilar fikrini erkin şakllantiriş va kimga ovoz beriş töğrisida xabardor böliş natijasida qaror qabul qilişning muhim şarti».
«Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotining Berlindagi bölimi eksperti Katarina Viktoriya Vays DW naşriga bergan intervyusida ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasidagi vaziyat yomonlaşayotganini quyidagiça izohlaydi: «Biz hammamiz ijtimoiy tarmoqlar va boşqa internet imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar almaşiş imkoni bor deb öylagandik. Axborot va söz erkinligi faqat kengayişi kerak edi. Ammo ma’lum böldiki, köplab mutaxassislar bu masalada yanglişdi, bir tomondan, harbiy mojarolar tufayli dunyoda yangi qaynoq nuqtalar paydo böldi - masalan, 2023 yil aprelidan Sudanda fuqarolar uruşi davom etyapti, Ğazo sektorida ham köplab muxbirlar halok bölmoqda, Ukrainada uruş davom etmoqda».
Eng erkin matbuot - Skandinaviyada
Reyting yetakçilari – OAV uçun vaziyat eng qulay bölgan mamlakatlarga böyiça heç qanday özgarişlar yöq. Norvegiya ketma-ket sakkizinçi yil birinçi örinni egallab turibdi, keyin esa barça Skandinaviya davlatlari va Niderlandiya joylaşdi. Germaniya reytingda öninçi örinni egalladi. Biroq, bunday yuqori poğonaga qaramay, «Çegara bilmas muxbirlar» ekspertlari Germaniya hukumati oldida qiladigan işlar köp, deb hisoblaydi. Xususan, jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalaştiriş uçun oylik tölovlar miqdorini oşiriş böyiça. Bir qator yerlarda rasmiylar uşbu majburiy badalni oşirişga qarşilik körsatmoqda va ijtimoiy-huquqiy media tizimini tubdan isloh qiliş zarurligi haqida gapirmoqda.
Reytingning eng quyi poğonasida: Suriya, Eritreya va Afğoniston, bu yerda ötgan yil davomida uç nafar jurnalist halok bölgan va kamida 25 nafari qamoqqa olingan. Sobiq ittifoq mamlakatlarida ham salbiy dinamika mavjud. Rossiya ötgan yilga nisbatan ikki poğonaga kötarilgan bölsa-da (164-örindan 162-öringa), bu faqat rasmiy raqam hamda matbuot erkinligi sohasidagi vaziyat yaxşilangani bilan boğliq emas. «Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti hisobotida aytilişiça, Rossiya Federatsiyasida sakkizta ommaviy axborot vositasi «nomaqbul taşkilot», 70 ta ommaviy axborot vositasi va 300 nafar jurnalist «çet el agenti» deb e’lon qilingan. Bir yarim mingdan ortiq jurnalist mamlakatni tark etdi, biroq ba’zilari öz vaqtida çiqib keta olmadi va bosimga uçradi.
Rossiyada OAV erkinligi: «Vaziyat juda qiyin»
«Rossiya biz katta taşviş bilan qaraydigan davlatlardan biri bölib qolmoqda, - deydi Katarina Vays. - Oxirgi 20 yil içida vaziyat yaxşilanişiga umid boğlagan edik. Biroq 2022 yil fevralidan - Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan keyin bu vaziyatdan çiqiş uçun köp yillar kerak bölişini tuşundik. Hamkasblarimiz uçun vaziyat har kuni yomonlaşmoqda. Ular öz erkinligi uçun kuraşişi kerak - jismoniy ma’noda».
Reuters axborot agentligi prodyuseri Konstantin Gabovning 27 aprel kuni va video-operator Sergey Karelinning ertasi kuni qölga olinişini izohlar ekan, Vays bu Rossiyada uşlangan jurnalistlarning ozodlikka çiqiş imkoniyati kamligining yana bir misoli ekanligini aytdi - ularda hatto ayblovlar asossiz bölsa ham qamoqdan çiqiş imkoni juda kam.
«Ya’ni, ular diplomatiya şaxmat öyinida ölja yoki tovlamaçilik quroliga aylanyapti», deydi u.
Yil yakunlari böyiça eng yomon dinamikani esa matbuot erkinligi reytingida 26 öringa tuşib ketgan Gurjiston körsatdi. Buning sababi, reyting tuzuvçilarga köra, Rossiya modeliga asoslangan «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi taşabbuskori bölgan hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasining siyosati. Bundan taşqari, partiya ommaviy axborot vositalari ustidan davlat nazoratini kuçaytirişni taklif qilmoqda.












