Saarlend va Baden-Vyurtemberg federal yerlarida yaşovçi rus millatiga mansub ikki nemis tadbirkori 3 may, juma kuni Ştutgart Oliy sudi oldida Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlar uçun elektron komponentlarni noqonuniy yetkazib beriş böyiça javob berdi. Ayblov xulosasiga köra, yetkazib berilgan qismlar, jumladan transmitterlar va mikrosxemalar Rossiya Federatsiyasiga qarşi Yevropa Ittifoqi embargosiga tortiladi.

Federal prokuratura vakili sözlariga köra, sudlanuvçilarning rossiyalik buyurtmaçisi Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan harbiy amaliyotlar paytida foydalanilgan va Ukrainani öqqa tutiş paytida Rossiya hujumlari halokatliligi uçun «alohida ahamiyatga ega» bölgan «Orlan-10» dronini öz içiga olgan harbiy texnikani işlab çiqargan.

Ayblanuvçi Rossiyaga sanksiyalangan tovarlarni 50 martadan ortiq yetkazib bergan 

Federal prokuror asosiy ayblanuvçini Rossiya Federatsiyasiga elementlarni yetkazib beriş böyiça 54 ta holatda sanksiyalarni çetlab ötişda aybladi, deya aniqlik kiritdi dpa. Prokurorlarga köra, hujjatda Valdemar V. deb körsatilgan 59 yoşli Saarland fuqarosi Amerika tovarlar yetkazib beruvçilarini butlovçi qismlar Germaniyada qolişini aytib, aldagan, biroq keyin ularni Rossiyaga yetkazib bergan. 

Dastlab, ular «fuqarolik kompaniyalari»ga kelgan, keyin ular harbiylarga topşirilgan. Sud majlisida, şuningdek, bunday yetkazib beriş böyiça 14 ta holatda ayblanuvçiga Karlsrue çekkasida yaşovçi 53 yoşli tadbirkor ayol Natali S. yordam berib, tovarlarning joylaşgan joyi haqida yolğon deklaratsiyalar taqdim etgani ma’lum qilindi. 

Qayd etilişiça, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan va sanksiyalar kuçaytirilganidan söng, yetkazib beriş Qozoğiston, Qirğiziston, Hongkong, Turkiya va Birlaşgan Arab Amirliklaridagi oluvçilar orqali amalga oşirilgan.

Ayblanuvçi tinçlik tarafdori ekanini aytdi

Ayblov xulosasiga köra, Valdemar V. noqonuniy yetkazib berişdan jami taxminan 875 ming yevro işlab topgan. Ayblanuvçi juma kuni bu miqdorni bilmasligini aytdi. Tadbirkor advokatining aytişiça, uning mijozi va iş böyiça ikkinçi ayblanuvçi keyingi sud majlislari birida ayblovlarga yozma javob beradi. 

Valdemar V.ning özi sud jarayoni birinçi kunida federal prokuror tomonidan qöyilgan ayblovlarga izoh bermadi. Biroq tarjimayi holi haqidagi bayonotida u uzoq yillar tinçlik tarafdori bölganini ta’kidladi. «Men uruşga qarşiman va bu jinnilikda iştirok etişni xohlamayman», dedi u. 

Rossiyaga Germaniyadan yetkazib beruvçilar bilan boğliq jarayon - yagona holat emas

Biznesmen Valdemar V. 2023 yilning martidan beri Mannxaymdagi sud tomonidan çiqarilgan order asosida hibsda saqlanmoqda. Uning alohida ahamiyati tufayli iş federal prokuraturaga topşirildi, u 2023 yil 28 avgustda hibsga oliş muddatini uzaytirişga qaror qildi. Tadbirkorning şerigi Natali S. 2023 yil 9 martdan beri hibsda edi, biroq may oyi oxirida uni hibsga oliş haqidagi order vaqtinçalik töxtatildi. 

Dpa agentligining aniqlik kiritişiça, bu - Rossiya sanksiyalarini çetlab ötişda ayblanayotganlarga qarşi birinçi jarayon emas. Ayni paytda Ştutgartda Rossiya qurol işlab çiqaruvçilariga dastgohlar yetkazib beruvçiga qarşi navbatdagi sud jarayoni bölib ötmoqda. Bundan taşqari, yaqinda Kyoln sudi sanksiyalarni çetlab ötib, Rossiyaga haşamatli avtomobillarni sotgan avtomobil sotuvçisini şartli jazoga hukm qildi.