Germaniya poytaxti Berlin şahri ma’muriyati Yozef Gebbelsning villasini istalgan odamga bepul berilişini e’lon qildi.
Bild ma’lumotlariga köra, katta bino va uning atrofidagi 17 gektar maydon Berlindan 15 km uzoqlikda, Bogenzeye köli yaqinida joylaşgan. Bino 24 yildan beri böm-böş, har yili uni saqlaş uçun poytaxt budjetidan yuz minglab yevro sarflanmoqda.
Berlin moliya vaziri Ştefan Evers xabariga köra, endi uni istalgan şaxs olişi mumkin.
«Kim istasa uni Berlin şahridan sovğa sifatida bepul olişi mumkin», dedi u.
Uning ta’kidlaşiça, şu kungaça na mahalliy, na federal hokimiyat uşbu obektga hali qiziqiş bildirmagan.
Evers, agar Gebbelsning villasiga ega topilmasa, Berlin rasmiylari uni buzib taşlaşi haqida ogohlantirdi.
Naşrning qayd etişiça, sönggi ön yilliklar davomida uşbu villaga ega topişga urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Buning sababi — uni ta’mirlaş uçun millionlab yevro xarajat zarurligi.
Yozef Gebbels - nemis siyosatçisi va tarğibotçisi, Adolf Hitlerning eng yaqin hamkori va sodiq izdoşlaridan biri. 1933 yildan 1945 yilgaça Germaniya tarğibot vaziri va Imperiya madaniyat palatasi prezidenti bölib işlagan. 1945 yil 1 may kuni, faşistlar Germaniyasining Ikkinçi jahon uruşidagi mağlubiyati arafasida öz joniga qasd qilgan.







