Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 512-boğçada tarbiyaçi ayol bolalardan birini urib, uni haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ayol yoş bolaga bir neça tarsaki tuşirgan va şu jarayonda unga “Nega sen maymunga aylanyapsan, hammani kuldirib? Men bu yerda ota-onalarga taşlaş uçun video qilyapman, sen nega maymunga aylanyapsan? Jim ötirlaring dedim, senga tort yöq”, degan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilişi ta’minlanadi.












