Yevropa Ittifoqi sudi USM Holding asosçisi, rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovaning öziga nisbatan Yevropa sanksiyalarini bekor qiliş haqidagi da’vosini qanoatlantirmadi. Bu haqda RBK yozdi.
Sud qarorida aytilişiça, Ismoilova ginekolog bölib, uç mamlakat fuqaroligiga ega – Rossiya, Özbekiston va Kipr. U 2022 yil 8 aprelda Alişer Usmonovning singlisi sifatida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan.
Alişer Usmonov ham öşa yilning fevral oyida sanksiyalarga uçradi. U, şuningdek, sanksiyalar röyxatiga kiritilişiga e’tiroz bildirgan, ammo Yevropa Ittifoqi sudi uning da’vosini rad etgan edi.
Qarorda aytilişiça, Usmonov aktivlarini «bilvosita» Ismoilovaga topşirgan, xususan, hujjatda «Dilbar» yaxtasiga işora qilingan.
Sud Ismoilovaga nisbatan qöyilgan çeklovlarni nomutanosib deb hisoblamadi va da’voni qanoatlantirmadi. Endi yutqazgan tomon barça sud xarajatlarini tölaşi kerak.
Alişer Usmonovning vakili sud qaroriga izoh bermadi.












