2015 yilda PhD talabasi Kristin Figgener Kosta Rikada Tinç okeanining qirğoğida kiçik baliqçilar kemasida zaytunrang toşbaqani örganayotgan paytda uning burnidan ğalati narsa çiqib turganini sezib qoladi va Kristin yonidagi şeriklaridan biri toşbaqaning burnidagi narsani örganayotganda holatni qiziqib tasvirga ola boşlaydi. Tadqiqotçilar toşbaqaning burnidan plastik nayçani çiqarib olişadi. 8 daqiqali videoda toşbaqaning burnidan qon tomçilayotgani, uning qiynalayotgani aks etadi.

Toşbaqa videosi internet platformalariga joylaştirilgaç, juda tez vaqtda köp marta köriladi, odamlar bir-biriga ulaşadi. Hozirgaça öşa video YouTube'da 110 mln marta, qisqa varianti esa 15 mlndan ortiq körilgan. Biolog Figgener dunyoning turli xil ommaviy axborot vositalariga intervyu beradi, 2018 yilda plastiklarga bağişlangan hujjatli filmda qatnaşadi. Figgener iştirok etgan film AQŞ, Gretsiya, Malayziya, Fransiya, Italiya kabi davlatlarda namoyiş qilinadi. Film sabab bir martalik plastik "truboçka"lardan ba’zilar voz keçadi. Masalan, universitetlardan biri öz hududida bu plastik tayoqçalarni işlatişni taqiqlaydi va bir öquv yilida kamida 444 ming dona plastik tayoqça işlatilmay qoladi.

Kristin Figgener

Aslida, plastiklar toşbaqa videosi tarqalişidan oldin ham tabiatga zarar yetkazardi. Avtomobil şinasiga tiqilib qolgan, baliqçilar töriga öralgan yoki plastik qoplardan aziyat çekkan hayvonlar köp bölgan.

"Men öşa paytlari ijtimoiy faol emasdim, lekin biz olimlar öz qobiğimizda şunçaki ötira olmasdik. Sababi biz odamlarga tuşuntirib beriş mumkin bölgan holatlarni köp köramiz va hujjatlaştiramiz. Buning bilan nafaqat odamlarga qilayotgan işimizni tuşuntirib berişimiz, balki ularga e’tiborliroq bölişni singdirişimiz mumkin.

Çunki odamlar okeanda suzib yurgan minglab tonna plastikni tasavvur qila olmasligi, ular boşqa mavjudotlarga qanaqa oğriq berişini tuşunmasliklari mumkin. Toşbaqa videosini körsatiş orqali men plastik ifloslaniş statistikalari şunçaki raqam emasligini, ular aynan nima anglatişini körsatmoqçi böldim", degan Figgener özi videoga olgan toşbaqa bilan boğliq holat haqida.

Videodan söng anti-plastik harakati boşlanadi. Toşbaqa plastik inqirozining ramziga aylanadi. Uning azoblanayotgan yuz ifodasi anti-plastik harakatiga esdan çiqmas tasvir bölib qoladi.

Plastiklar hayvonot dunyosiga turli usullar bilan zarar keltirişi haqida ma’lumotlar yetarliça. Hayvonlar ularni yutib yuborişi, öralib qolişi va hatto ayrimlari ovqat deb öylab yeb qöyişi mumkin. Yaqinda ötkazilgan tadqiqotlardan birida Örtayer dengizidagi dengiz toşbaqalari örganildi va ularning 40 foizining içagidan 5 mmdan katta makroplastik bölaklari topilgan. Butunjahon yovvoyi tabiat jamğarmasi ma’lumotlariga köra, har ikki dengiz toşbaqasidan biri plastik yeydi. Va ularning köpi oşqozoni plastikka tölib qolişi natijasida vafot etadi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Atrof-muhit böyiça dasturi ma’lumotlariga köra, har yili okeanlarga 7,8 ming tonnadan ortiq plastmassa taşlanadi.

Içimlik içiş uçun işlatiladigan bir martalik plastik nayçalar eng köp işlatiladigan bir martalik plastik buyumlardan biri hisoblanadi. Köngillilardan biri sifatida qirğoqlarni tozalaş bilan şuğullanadigan Jyek Nunez plastik nayçalarga qarşi 2015 yildan ham oldin 2011 yilda harakat boşlagan edi. Uning aytişiça, qirğoqda eng köp şu kabi nayçalar topiladi. Ularning şakli, işlanadigan materiali sabab qayta işlaş ham oson emas. Jyek Nunez 2011 yilda "Sönggi plastik nayça" nomli xalqaro kampaniya ham boşlaydi. "Biroq u paytlar hali kamçilik odam plastik nayçalar haqida gapirardi", deydi Nunez.

2015 yilda tösatdan Figgenerning toşbaqa haqidagi videosi çiqib qoladi va Jyek undan videodan kampaniyasi uçun foydalanişni söraydi. Video juda köpçilikni ta’sirlantirib, plastiklardan voz keçişga undaydi.

Garçi plastik işlatişdan butunlay voz keçilmasa-da, asosan, 2015 yilda faollarning harakati, videoning tarqalişi ortidan dunyoning 30 dan ortiq davlatida bir martalik plastik buyumlarga taqiq qöyildi.

Okeanlarni muhofaza qiliş notijorat taşkilotining 2023 yilgi hisobotida aytilişiça, ötgan yillarda plastik naylar qirğoqlarni tozalaş paytida yiğilgan narsalar röyxatida doimiy ravişda birinçi örinni egallagan. Ammo yaqinda ularning ma’lumotlari şuni körsatadiki, plyaj tozalaş joylarida plastik naylar kamroq topila boşlandi. 2019 yilda plastik nayçalar qirğoqda eng köp uçraydigan plastik buyumlar röyxatida uçinçi örinda edi, lekin 2023 yilga kelib ular bu röyxatda 10-öringa tuşib qoldi.

Agar siz ham plastik nayçalarni işlatişni yaxşi körsangiz, siz işlatgan buyum sabab biror tirik jonzot qiynalişi mumkinligini unutmang, zarurat bölmasa, şunçaki ulardan voz keçing.