Bişimbayev işi. Saltanatning ölimi Qozoğiston jamoatçiligi va qonunçiligini qanday özgartirdi?
|01:36 / 15.05.202415 32811 min
Astanada hakamlar hay’ati Qozoğistonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bişimbayevni rafiqasi Saltanat Nukenovani öldirişda aybdor deb topdi. U 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Foto: Ozodlik radiosiFoto: Ozodlik radiosi
Cud sobiq iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bişimbayev va uning amakivaççasi, Saltanat Nukenova öldirilgan BAU restorani direktori Baxtjan Bayjanovga qamoq jazosi tayinladi.
Avvalroq maslahatlaşuv xonasida hakamlar hay’ati a’zolari maxfiy ovoz beriş yöli bilan 13 savolga javob qaytargan, şundan keyin hakam Ayjan Kulbayeva sudlanuvçilar uçun qanday jazo tayinlaş böyiça bir qarorga kelgan. Sud Bişimbayevni öz xotiniga nisbatan öta şafqatsiz va qiynoqlar qöllagan holda qotillik qilişda aybdor deb topdi.
Sobiq iqtisodiyot vaziri 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud şuningdek Bişimbayevga sud xarajatlari uçun davlat xazinasiga ikki mln tenge (4,5 ming dollar) va Jabrlanuvçilarga tovon tölaş fondi uçun 103 ming tenge (233 dollar) tölaş majburiyatini yuklagan.
Işdagi ikkinçi figurant bölgan Bayjanov jinoyatni yaşirişda aybdor deb topilib, unga tört yillik qamoq jazosi qöllangan.
Sud hukmi e’lon qilinganidan keyin Nukenovaning akasi Aytbek Amangeldi jurnalistlar bilan suhbatda oila Bişimbayev uçun şunga öxşaş jazo tayinlanişini kutganini bildirib ötdi.
«Umuman olganda, biz şu [qamoq] muddati bilan töxtaymiz. 24 yildan keyin u 68 yoşda böladi. Bu deyarli umrbod qamoq», — deya qayd etgan Amangeldi.
Bişimbayev nimalarga iqror böldi?
8 may kuni Bişimbayev va Bayjanovga sudda sönggi söz berilgandi. Ikki sudlanuvçi ham oldindan tayyorlab qöyilgan matnni öqib berişdi.
Birinçi bölib Bişimbayev çiqiş qilib, öz sözini Xudo va inson öz hayot yölida uçratadigan sinovlar haqida gapiriş bilan boşladi. U Nukenova ölgan kundagi voqealarni «Xudoning sinovi» deb atagan.
«Biz xohlaymizmi yoki yöq, buni anglaymizmi yoki yöq, biz har kuni uning sinovidan ötamiz. Eng yuqori axloqiy qadriyatlar uçun sinov. Öşa kuni, men aytişim kerakki, 8 dan 9 noyabrga ötar keçasi (Saltanat Nukenova vafot etgan kun — tahr), men bu sinovdan öta olmadim [...] Mening harakatlarim özim uçun sevimli bölgan inson ölimiga sabab böldi», — degan Bişimbayev.
Sudlanuvçi Nukenovaning ölimini istamagani va öşa kungi voqealar «bunday yakunlanişini taxmin qilmagani»ni ta’kidlagan.
«Men aybdorman, ammo qasddan qotillik qilişda emas. Qölga olingan ilk daqiqamdan buyon men öşa kungi vaziyat haqida haqiqatni aytib kelaman, men yaşiriniş va javobgarlikdan qoçiş imkoniyatiga ega bölsam-da, bunday qilmadim», — degan sobiq vazir.
Mavzuga oid
U hakamlar hay’atidan, özining fikriça, hokimiyat organlari unga qarşi «ayblovçi va noxolis» işlayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda esa unga qarşi nafrat qözğatuvçi kampaniya ketayotgani fonida «xolis va adolatli böliş»ni söragan.
Ikkinçi sudlanuvçi Bayjanov esa özining sönggi sözida Nukenova jon bergan restorandagi kameralar yozuvlari uning buyruği bilan öçirib taşlangani, şuningdek uning topşiriği bilan ayollar kiyimi olib kelingani va vafot etgan ayolning telefoni geolokatsiyani yaşiriş maqsadida boşqa joyga olib ketilganini tan olgan.
Ammo u oğir jinoyat sodir etilib, Nukenova öşa kunning özida vafot etganidan xabari bölmaganini aytgan. Ikki sudlanuvçi ham qurbonning yaqinlaridan keçirim söragan.
Bişimbayev va uning himoyaçilarining pozitsiyasi qanday özgardi?
Sönggi söz vaqtida Bişimbayev rafiqasining ölimiga olib kelgan oğir tan jarohati yetkazişda aybdor ekaniga iqror bölgan. Sobiq vazir Nukenovani qiynoqqa solib, öta şafqatsizlik bilan öldirgani töğrisidagi ayblovga qöşilmagan.
Bişimbayev sud jarayonida bir neça marta rafiqasini öldiriş böyiça aybini tan olmasligini aytgandi. U va uning himoyaçilari Nukenov yiqilib boşi bilan unitazga va restoran poliga urilişi oqibatida olingan jarohatlardan vafot etganini aytgandi.
11 mart kuni bölib ötgan dastlabki sud majlisida sobiq vazirning advokatlari hatto unga qöyilayotgan moddani yumşoqroğiga — ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sababçi böliş töğrisidagi moddaga özgartirişni söraşgandi. Öta şafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik uçun Bişimbayevga 20 yilgaça qamoq jazosi yoki umrbod qamoq tahdid solgan bölsa, ehtiyotsizlik bilan ölimga sababçi böliş haqidagi modda uçun uç yilgaça qamoq jazosi qöllangan bölardi.
Bişimbayevning himoyasi dastlabki eşituvda «sudlanuvçi öldiriş niyatida bölmagani va Nukenovani oyoqlari bilan tepmagani»ni ta’kidlagandi.
«Çindan ham restoranda mojaro bölgan. Bişimbayevning barça harakatlari Saltanat Nukenovani tinçlantirişga qaratilgandi», — degan advokat.
Keyinroq kaltaklaş videosi namoyiş etilgaç, sobiq vazir rafiqasining «bel sohasi»ga tepgani va uni huşiga keltiriş uçun yuziga urganini tan oladi
Bişimbayev va uning himoyaçilari sudda Nukenovani öldirişga motiv isbotlanmaganini da’vo qilişgan.
Sudda işning qanday detallari ma’lum böldi?
Sudda Bişimbayev rafiqasiga işlaşni, odamlarga astrologiya böyiça maslahatlar berişni taqiqlagani, uni nazorat qilgani ma’lum böldi. Davlat ayblovçisining versiyasiga köra, er-xotin bölib yaşaşganida sobiq vazir Nukenovaga jismoniy va ruhiy zöravonlik qilgan, qotillik uçun motiv esa raşk bölgan.
Prokuror Ayjan Aymaganova Nukenovaning öz telefonida qoldirgan bitiklarini öqib eşittirdi. «Men sening öyinçoğing emasman, meni doimo qörqitişing va bir gapni qaytarişing uçun sening bolang emasman — sezgan bölsang, men aqli zaif emasman. Men 24/7 davomida nima qilişim kerakligini eşitişni istamayman. Har bir janjaldan keyin özimga kelişim uçun bir kun ketadi, keyin esa öz işlarim bilan şuğullanişim, seni tabassum bilan qarşi olişim, çarçagan bölmasligim kerak», — deya Nukenovaning sözlarini keltirgan prokuror.
Sud jarayoni vaqtida Bişimbayevning telefoni ham oçilgan. Sudya Ayjan Kulbayeva telefonni közdan keçirgan va sobiq vazir 9 noyabr kuni, rafiqasining ölimi oldidan restoranda va maşinada olgan videoyozuvlarni qöyib bergan. Bu roliklarda Bişimbayev Nukenovani haqoratlaydi va ötmişda kim bilan jinsiy munosabatda bölgani böyiça söroq qiladi.
Sudmedekspertiza xulosasiga köra, Nukenova yopiq boş çanoği va miya jarohati natijasida vafot etgan — ölim tez yordam yetib kelişidan 6-8 soat oldin sodir bölgan. Uning burni singan, boşida esa köplab momataloqlar va jarohatlar bölgan.
Davlat ayblovi ma’lumotiga köra, restoranda uç kişi Bişimbayevdan juda köp marta tez yordam çaqirişni söraşgan, ammo tibbiyot xodimlari faqat 9 noyabr tongida çaqirilgan.
Sudmedekspert Taxir Xalimnazarov sudda Nukenovaning burni parçalanib ketgani, bunday jarohat esa silliq yuzaga uriliş oqibatida röy bermasligini aytgan — bu orqali u Bişimbayev va advokatlari iddao qilgan polni nazarda tutgan.
«[Burun] sinib ketişi uçun, odamning boşini unitazga uriş kerak. [...] Bu inson bu qadar tezlik bilan uriladigan masofa emas. Bunday balandlik odam tanasi şunday kinetik energiyaga ega bölib, şunday jiddiy jarohat olişi uçun yetarli emas», — degan mutaxassis.
Qolaversa, sudda jarohatlar natijasida Nukenovada 230 ml qon miqdoridagi miya gematomasi paydo bölgan — bu halokatli körsatkiç hisoblanadi.
Bundan taşqari, ekspertiza Nukenova ölim kuni mast holatda bölmagani haqida xulosa bergan: uning qonidagi alkogol miqdori juda kam bölgan. Bişimbayev esa Nukenova restoranda u bilan birga uç şişa köpiklanadigan vino içgani va ular «munosabatlarga oydinlik kiritmoqçi bölişgani»ni aytgandi.
Astrolog Saltanat Nukenovaning ölimi va sud jarayoni Qozoğiston jamoatçiligida katta rezonans uyğotdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda öldirilgan ayolni himoya qilib, minglab postlar yozişdi. Şuningdek, qozoğistonliklar oiladagi zöravonlik töğrisidagi qonuni qabul qilişni tezlaştirişni talab qilişdi. Xususan, 2021 yilda yölga qöyilgan onlayn-petitsiya Nukenovaning vafoti va Bişimbayevning qölga olinişidan keyin 120 ming imzo töpladi.
Qozoğiston parlamenti körib çiqqan tuzatişlar norasmiy ravişda «Saltanat qonuni» nomini oldi. 2023 yildayoq parlamentariylar Qozoğiston prezidenti topşiriği bilan zöravonlikni kriminallaştiriş töğrisidagi qonun loyihasi taşabbusini bildirgandi. Ammo hujjatni parlamentning quyi palatasi, Majilis faqat 2024 yil yanvariga kelib qabul qildi.
11 aprel kuni esa Senat qonun loyihasini ikki öqişda ma’qulladi. Tört kun ötib esa Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qonunni imzoladi.
Şu tariqa, hukumat qasddan badanga yengil şikast yetkaziş uçun jazoni qat’iylaştirdi va jarima miqdorini sakkiz baravar, qamoq muddatini ikki yarim baravar oşirdi. Endi bunday holatlar uçun jarima miqdori 295 ming tengegaça (650 dollar), qamoq muddati — 25 kungaça böladi.
Bu voqealar ortidan hukumat amaldorlar tomonidan sodir etilgan oilaviy zöravonlik holatlariga tezkorlik bilan munosabat bildira boşladi. 10 may kuni Astana politsiya departamenti avval Qozoğistonning Birlaşgan Arab Amirliklaridagi elçisi maslahatçisi bölib işlagan diplomat Saken Mamaşga qarşi jinoiy iş oçdi.
6 may kuni TIV uy zöravonligi böyiça ayblov tufayli Mamaşni BAAdan çaqirib oldi. Uning rafiqasi Karina Mamaş «NeMolçiKZ» fondi orqali davlatdan yordam söragandi.
Inson huquqlari himoyaçisi bölgan taşkilot ijtimoiy tarmoqlarda qozoğistonlik ayolning videomurojaatini tarqatdi. Videoda ayol 10 yil mobaynida jismoniy, iqtisodiy va hissiy zöravonlikka uçrab kelişini ma’lum qilgan. Mamaş turmuş örtoğini javobgarlikka tortişda davlatdan yordam söragan.