"Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining örinbosari, BMTning Aksilterror boşqarmasi boşliği Vladimir Voronkov janoblari bilan uçraşişdan mamnunmiz", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. 

Tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi hamkorlik, bugungi dinamika, nafaqat mintaqada, balki global miqyosda mavjud va kelajakdagi çaqiriqlarga samarali yeçimlarni topiş masalalari muhokama qilindi. 

Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qiliş masalalari böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengaşi birinçi yiğilişining muvaffaqiyatli natijalari körib çiqildi. 

Özbekiston bilan BMTning Aksilterror boşqarmasi örtasida 2024-2025 yillarga möljallangan hamkorlik böyiça "Yöl xaritasi" ham imzolandi.

Vladimir Voronkov boşçiligidagi delegatsiya Toşkent şahrida bölib ötgan Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qiliş masalalari böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi. Anjumanda, şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro taşkilotlar – BMT va YeXHTning yuqori martabali mansabdor şaxslari va yetakçi mutaxassislar qatnaşdi.