Bu haqda Töqayev 16 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik kengaşlari kotiblari bilan uçraşuvda aytib ötgan.
“Şuni işontirib aytamanki, biz bunday yondaşuvlar va urinişlarni qat’iyan rad etamiz. Umuman olganda, mamlakatlarimiz örtasida biz özaro maqbul yeçim topa olmagan masalalar yöq va bölmasligi ham kerak. Işonçim komilki, muştarak qadamlarimiz va özaro qöllab-quvvatlaşning uyğun bölişigina qardoş xalqlarimiz farovonligiga yöl oçib beradi”, – degan u.
Qozoğiston rahbari sönggi bir neça yilda mintaqaviy hamkorlik va özaro işonç borasida tub özgariş bölganini ta’kidlagan.

“Töla-tökis mas’uliyat bilan ayta olamanki, bundan 10 yil oldin Markaziy Osiyo mintaqasida bunday holat yöq edi. Hozir davlatlar rahbarlari, hukumatlar rahbarlari, xavfsizlik kengaşlari kotiblari, kuçişlatar idoralar rahbarlari – iqtisodiy idoralar rahbarlarini-ku aytmasa ham böladi – bir-biri bilan yaqindan hamkorlikda işlayapti. Va bu – Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat barqaror taraqqiyot yönalişiga çiqayotganining juda yaxşi belgisi”, – degan Qosim-Jömart Töqayev.
U Qozoğistonda röy bergan suv toşqinlari vaqtida mintaqa davlatlari körsatgan kömak uçun minnatdorlik bildirgan: “Biz bunday qöllab-quvvatlaşni yuksak qadrlaymiz va buni çinakam döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro qöllab-quvvatlaşning dalili deb hisoblaymiz”.

Ma’lumot uçun, Markaziy Osiyo respublikalari xavfsizlik kengaşlari kotiblarining birinçi uçraşuvi Ostona şahrida bölib ötdi. Eslatib ötamiz, ötgan yili iyunda Olmaotada Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya xavfsizlik kengaşlari kotiblarining birinçi uçraşuvi ötkazilgandi.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari oltinçi maslahat uçraşuvi uçun 9 avgust kuni Ostonaga yiğiladi.












