Toşkent şahar hokimligi poytaxtning qator çorrahalari va köçalarini ta’mirlaş va rekonstruksiya qiliş böyiça keng kölamli işlar boşlanişi töğrisida ma’lumot berdi.
Işlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentabrigaça – maktablar va oliy öquv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oşiriladi.
Işlar asosan tungi vaqtda bajariladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovçilar bu işlarning oğirligini his qilmasligi uçun barça imkoniyatlar işga solinişi aytilgan.
Iş birinçi marta keng kölamda, yangi qoplama (ŞMA) turlaridan foydalangan holda amalga oşiriladi. Şu bilan birga, yerosti kommunikatsiyalari ham tekşiriladi.
“Hurmatli fuqarolar, iş jarayonida haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham noqulayliklar tuğilişi muqarrar. Biz oldindan uzr söraymiz va vaziyatni tuşunişingizni söraymiz, çunki bu qisqa muddatli qiyinçiliklar uzoq muddatli qulaylik uçun xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.












