Rehina Mariya Kastijio Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNISEF)ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida öz vazifasini bajarişga kirişdi. 

Uşbu lavozimga tayinlanişdan avval Kastijio YuNISEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida işlagan.

2016 yilda YuNISEFda mehnat faoliyatini boşlaşdan oldin Boliviya, Ekvador va Perudagi YuNEYDS (BMTning OIV /OITS böyiça qöşma dasturi) direktori, Şveytsariyada YuNEYDS xususiy sektor bilan hamkorlik bölimi rahbari va BMT boş kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça mas’ul xodimi bölgan.

Rehina Mariya Kastijio AQŞning Vaşington ştatidagi Ğarbiy Vaşington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar böyiça tahsil olgan, AQŞning Indiana ştatidagi Notr-Dam universitetida davlat boşqaruvi va xalqaro munosabatlar böyiça magistrlik darajasiga ega.

YuNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasining avvalgi rahbari Munir Mamedzoda edi.