Aholi orasida “bola tuğildimi, zudlik bilan boğçaga navbatga qöyiş kerak” degan tasavvur şakllanib qolgan. Buning sababi esa oddiy - talab yuqori, boğçalar va undagi örinlar soni çeklangan. Vazirlik mas’ulining tuşuntirişiça, navbat qaçon kelişini oldindan aytiş qiyin, muassasalar quvvati va navbatlari soni turliça. Kun.uz muxbiri Maktabgaça ta’lim agentligi bölim boşliği Anvar Jörayev bilan davlat boğçalariga yillab kutiladigan navbatlar haqida suhbatlaşdi.
2018 yil aprel oyidan boşlab Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan davlat boğçalaridagi böş joylarning elektron hisobini yuritiş, bolalarni taşkilotlarga qabul qiliş uçun elektron navbatni şakllantiriş va yöllanmalarni rasmiylaştiriş maxsus axborot tizimida amalga oşirilişi belgilangandi. Bugungi kunga kelib, bu tizim orqali minglab bolalar boğçalarga navbatga qöyilmoqda.
Xöş, bu jarayon qanday keçadi, örtaça hisobda bolaning boğçaga çiqiş navbati qançada keladi, nima sabab ota-onalar yillab navbat kutişga majbur bölyapti? Şu kabi savollarimizga Maktabgaça ta’lim agentligining axborot xavfsizligi va raqamlaştiriş bölimi boşliği Anvar Jörayev javob berdi.
Bolaning boğçaga navbatga qöyilişi qanday keçadi?
Maktabgaça ta’lim taşkilotiga farzandini joylaştirmoqçi bölgan ota-onalar davlat xizmatlari markazi yoki elektron şaklda my.gov.uz saytlari orqali navbatga qöyişlari mumkin, hamma arizalar elektron tarzda beriladi. Bunda navbatlar bolaning yoşi va ariza berilgan sanaga muvofiq şakllantiriladi. Soddaroq tuşuntirsak, ariza berganda bir neçta holatlarni köriş mumkin.
Birinçisi, sanasiga muvofiq. Aytaylik, ota-ona biror boğçaga bolani navbatga qöygan bölsa, bugungi kunda 100-örinda turişi mumkin. Lekin şu örinda turgani bilan undan avval ariza berganlarning yoşi turliça böladi. Ya’ni qaysidir ota-ona bolani 1 yoşligida, yana qaysidiri 4 yoki 5 yoşligida navbatga qöygan böladi.
Bunda ariza berilganda ota-onaga 2 ta navbat körinadi. Dastlabkisi ariza sanasi bilan 100-navbat bölsa, bundan taşqari yoşi böyiça ham navbati şakllanadi. Jarayonda yoşiga doir guruhlar şakllanadi, şunga qarab özining navbati böladi. Yoşi muvofiq böş joy bölsagina, farzandning boğçaga çiqişiga yöllanma yuboriladi.
Elektron navbatning şakllanişi ham aynan şu şaffoflikni ta’minlaş maqsadida qilingan. Bunda Maktabgaça ta’lim agentligining maxsus platformasi bor. Bu platforma orqali har bir ota-ona farzandining navbatini real rejimda kuzatib borişi mumkin. Nafaqat özining, balki butun respublika böyiça joylaşgan boğçalariga berilgan arizalar holatini ham körişiga imkoniyat bor. Bu ota-onalar uçun juda qulay. Ya’ni farzandini navbatga qöyişdan avval uşbu maktabgaça ta’lim taşkilotining böş örinlari yoki navbatlar sonini ham kuzatib borişi mumkin.
Bir bolaning navbati örtaça qança vaqtda keladi?
Buni biror bir boğça misolida aytiş töğri böladi. Çunki maktabgaça ta’lim taşkilotida navbatlar, ularning quvvati turliça. Aytaylik, 120 nafarlik quvvatga ega boğça bölsa, bunda guruhlar soni 4 ta böladi. Ota-ona farzandini u maktab yoşiga yetganidan keyin yoki boşqa manzilga köçgaç boğçadan olişi mumkin. Asosan bir ota-ona farzandini maktabgaça ta’lim taşkilotiga joylaştirgandan keyin toki maktabga çiqquniça şu boğçada tahsil oladi.
Endi 120 nafar bola ta’lim oladigan boğça deb olsak, har 3, 4, 5 yoşdagi guruhlar bittadan şakllangan böladi. Agar har bir guruhning quvvati 30 örinli deb tasavvur qiladigan bölsak, bir yilda 30 ta bola maktabga çiqib ketadi degani. Ya’ni maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarimiz maktabga çiqadi, tayyorlov guruhidagi bolalarning böşagan örni uçun boşqa bolalar qabul qilinadi. 120 örinli boğçadan misol keltiradigan bölsak, bolalarning maktabga çiqişi tufayli bir guruh böşaydi, bu asosan yoz oylariga töğri keladi.
Umumiy hisobda buning statistikasini yuritiş imkoni yöq, çunki qaysidir boğçaning tayyorlov guruhlari 3 yoki 4 ta böladigan bölsa, qaysidir boğçalarda 1 ta böladi. Bu qabul qilinadigan bolalar soni turliça böladi degani.
Hozirda navbat kutayotgan bolalar soni qança?
Har bir maktabgaça ta’lim taşkilotiga umumiy navbatlar yuritiladi, hozirgi kunda farzand tuğilganda FHDYo organlaridan navbatga qöyiş yölga qöyilgan. Endi biz umumiy navbatlar sonini olsak ham uning 40-50 foizi hali maktabgaça ta’lim taşkiloti yoşiga yetmagan böladi. Çunki FHDYo organlarida nol yoşdan navbatga qöyib ketilyapti. U 3 yoşga yetmagunga qadar baribir yöllanma şakllanmaydi, çunki maktabgaça ta’lim taşkilotiga qabul qiliş 3 yoşdan deb belgilangan.
Qöşimça sifatida aytmoqçiman, biz umumiy navbat deb olganimiz bilan bu aniq boğçaga joylaştirmoqçi bölganlik sonini bermasligi mumkin. Çunki bir bolani 3 tagaça boğçaga navbatga qöyiş mumkin. Bola aslida bitta, lekin u 3 tagaça MTTda navbatda turadi. Ota-onalar özlariga yaqin bölgan 3 tagaça MTTga navbatga qöyadi, qaysi boğçaga yöllanma şakllanadigan bölsa, ularda şu boğçaga joylaştiriş huquqi bor.
Yöllanma şakllanib, şu asosda bola boğçaga qabul qilinsa, qolgan navbatlar avtomatik tarzda öçiriladi. Çunki bola boğçaga joylaşdi, qolgan MTTdagi navbatlar sun’iy oşib ketişining oldi olinişi uçun bu navbat avtomatik öçiriladi. Agar aytaylik, 3 tagaça boğçaga navbatga qöygan, şulardan biriga yöllanma ham şakllangan, lekin ota-ona bu boğçaga farzandining qabul qilinişi yuzasidan murojaat qilmagan bölsa va bola rostan ham qabul qilinmagan bölsa, qolgan yöllanmalar öz kuçida qoladi.
Ota-ona yöllanma olgaç, 15 iş kunida boğça murojaat qilsa, bola boğçaga qabul qilinadi. Agar 15 iş kunidan orsa, bu yöllanma öz kuçini yöqotadi, haqiqiy deb hisoblanmaydi. Ota-ona şu boğçaga bolasini qöymoqçi bölsa, qayta navbatga qöyişi kerak böladi. Bu 15 iş kuni deyilyapti, lekin kalendar kuni bilan 20 kun böladi, çunki şanba va yakşanba dam oliş kunlari, qolaversa, bayram kunlari hisobga olinmaydi.
Nima sabab navbati kelib, bolalar boğçaga qabul qilinmay qoladi?
Ota-onalarning yöllanma yuborilgan bölsa ham, MTTga murojaat qilmagani tahlil qilingan. Bu borada bir neçta asoslar bor. Farzandini bu boğçaga joylaştirmasdan, qolgan navbatlarini kutiş holati bor. Yana biri ma’lum bir davrda şu MTTga joylaştiriş uçun ariza bergan, lekin yaşaş manzili özgargani hisobiga bu arizaga ehtiyoji qolmagan holatlari bor.
Agar boğçaga qabul qiliş böyiça ariza berilib, bugungi kun holatida bunga ehtiyoji bölmasa, ota-onalar istagan vaqtida bu arizani özlari rad qilişlari mumkin. Buning uçun my.gov.uz saytiga kirib, ariza raqami teriladi va bekor qiliş tugmasi bosiladi.
Agentlik tomonidan talab yuqori, imkoniyati bor boğçalarning quvvati 35 tagaça (bir guruh uçun maksimal şart 30 nafar) qilib qöyiş holatlari ham mavjud. Talab yuqori boğçalarimiz bor, ularda haqiqatan ota-onalar yillar davomida kutgan holatlarini ham kuzatişimiz mumkin. Bu yerda ota-onalardan ham iltimos qilgan bölardik, misol uçun, köpçilik biladi, birinçidan yaşaş hududiga yaqin boğçalar tanlanadi, ikkinçidan katta farzandi şu boğçaga borgan, ota-ona pedagog xodimlarini taniydigan va kiçik farzandini ham şu boğçaga berişni istaş holatlari bölişi mumkin.
Aslida şu hududga yaqin boşqa boğçalarimiz ham bor böladi. Misol uçun, 2 ta bir-biriga yaqin boğçalarni oladigan bölsak, ba’zilarida yuzlab navbatlar bölsa, yonidagi boşqa boğçalardagi navbat bunday bölmasligi mumkin. Bugungi kunda MTTda ta’lim jarayonlari bir standart asosida amalga oşirilgani, bir xil öquv dasturlari bölgani uçun qaysidir boğçaga oylab navbat kutişdan köra, farzandlarini navbati tez keladigan yoki böş boğçaga berganlari ma’qul.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi Abduqodir Tölqinov.











