Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohim muzokaralardan söng ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot bilan çiqdilar.
Yetakçilar oçiq, işonçli va döstona muhitda ötgan sammitning samarali natijalarini yuqori baholadilar.
Davlatimiz rahbari ikki xalq örtasidagi umumiy din, muştarak urf-odat va qadriyatlarga asoslangan azaldan yaqin aloqalarni alohida ta’kidladi.
– Malayziya nafaqat Janubi-Şarqiy Osiyoda, balki butun jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan davlat, bizning vaqt sinovlaridan ötgan işonçli hamkorimizdir. Har ikki mamlakatda milliy mustaqillik bayrami bir sanada – 31 avgust kuni nişonlanişi ham ramziy ma’noga ega, – dedi Özbekiston prezidenti.

Rivojlaniş va modernizatsiyaga qaratilgan «Özbekiston – 2030» va «Malayziya Madani» strategik dasturlarining maqsad va vazifalari öxşaş ekani ta’kidlandi.
Malayziya Boş vazirining bugungi tarixiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçişi va ularning rivojlanişiga kuçli sur’at bağişlaşi qayd etildi.
Muzokaralar çoğida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça ustuvor yönalişlar va yangi marralar belgilab olindi.
Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot va aloqalarni faollaştiriş, qöşma Hukumatlararo komissiyani işga tuşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Yaqin kelajakda ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli hamkorlik darajasiga olib çiqişga özaro intiliş bildirildi.
Yetakçilar tovar ayirboşlaş hajmini va qöşma korxonalar sonini köpaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Tomonlar bu körsatkiçlarni yaqin kelajakda bir neça barobarga oşiriş borasida tizimli işlarni yölga qöyişga kelişib oldilar.
Davlatimiz rahbari bu maqsadga erişişda tovarlar nomenklaturasini kengaytiriş va özaro savdoning muvozanatliligini ta’minlaş, uçinçi mamlakatlar bozorlariga birgalikda çiqiş, yuqori texnologiyali loyihalarni ilgari suriş uçun maxsus sanoat zonasini yaratiş lozimligini ta’kidladi.
Energetika, neft-kimyo, toğ-kon, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, moliya, IT va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya böyiça aniq rejalar belgilandi.








