Buxoro neftni qayta işlaş zavodi 2025 yil boşidan Ai-80 benzinini işlab çiqarişni töliq töxtata boşlaydi. Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisining qayta işlaş böyiça örinbosari Odil Temirov 14 may kuni Toşkentda ötkazilgan Energetika haftaligi doirasida Gazeta.uz’ga ma’lum qilgan.
«Özbekneftgaz» vakili Fransiyaning Axens kompaniyasi bilan parallel ravişda loyihalaştiriş işlarini olib boriş uçun uning texnologiyalaridan foydalaniş böyiça litsenziya şartnomasi ustida iş boşlanganini ham aytib ötgan.
«Ular asosiy loyihani sentabrgaça yakunlaşlari kerak. Bunga parallel ravişda biz Xitoyning CNPC (China National Petroleum Corporation, boş pudratçi sifatida tanlangan) bölinmasi bilan işlayapmiz, tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. AI-80 benzinidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş işlarini olib bormoqdamiz. Noyabr-dekabr oylarida AI-80 örniga AI-91, AI-92 işlab çiqarişni boşlaymiz, 2025 yil boşidan tölaqonli voz keçiş boşlanadi», - degan Odil Temirov.
Ma’lum qilinişiça, ayni paytda Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilayotgan mahsulotning 85 foizi AI-80, qolgan 15 foizi esa AI-92 benzinidir. Noyabr oyidan boşlab bu nisbat özgara boşlaydi.
Avvalroq, 2023 yilning 29 dekabr kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev boş vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan AI-80 markali benzindan voz keçiş masalasini uzil-kesil hal qiliş böyiça topşiriq bergandi.








