Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida ötkazilgan professional boks oqşomida ukrainalik Oleksandr Usik (21-0-0) angliyalik Tayson Fyurini (34-0-1) mağlub etib, barça nufuzli yönalişlar böyiça mutlaq jahon çempioniga aylandi. 12 raund davom etgan jangning 9-raundida Usik britaniyalik raqibini nokdaunga uçratib, yakunda unga tegişli WBC kamarini ham tortib oldi.
«Kingdom Arena»dagi markaziy jang katta ajiotaj uyğotgandi va «asr jangi» deya ta’riflangan qarama-qarşilikni tomoşa qiliş uçun Kriştianu Ronaldu, Neymar singari futbol yulduzlari ham taşrif buyurişdi.
Jangning dastlabki 3 raundi davomida Usik biroz faolroq harakat qilgan bölsa, 4-raunddan Tayson qarşi hujumda köproq kuçli zarbalar yöllaşni boşladi va raundda tenglik kuzatildi.
5-raund – eng yaxşi raundga aylandi va boksçilar oçilişdi, zarbalar almaşinuvi kuzatildi. 6-raundda esa Tayson Fyuri apperkot zarbalarini yöllab, ustunlik qila oldi. 7-8-raundlarda esa Usik faollaşib, Fyurining apperkotiga çora topa oldi va vaziyat Usik foydasiga özgara boşladi.
Jangning kulminatsion voqeasi 9-raundda yuz berdi. Oleksandr ketma-ket zarbalar bilan Taysonni nokdaunga tuşirdi. Britaniyalik çarm qölqop ustasini raundning tugaşi qutqarib qoldi. Sönggi uç raundda esa ukrainalik boksçi jangning borişini nazorat qilib, yakunda ustunlikni özida saqlay oldi.


Şunga qaramay, hakamlardan biri oçkolar böyiça britaniyalikning ustunligini qayd etgan bölsa-da, qolganlari Usikning ğalabasini tan olişdi.
Şu tariqa, 37 yoşli Usik 35 yoşli Fyuridan WBC kamarini ham tortib oldi va superoğir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO, WBC çempionlik kamarlari egasiga aylanib, mutlaq çempion böldi.
Ma’lumot uçun, professional boks tarixida oxirgi bor Lennoks Lyuis 2000 yilda mutlaq jahon çempioni bölgandi.












