“Mahallalarda aholi muammolarini aniqlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan aholining muammolarini aniqlaş böyiça yagona savolnoma tasdiqlanadi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyundan boşlab:
a) “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan:
yagona savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlaş va bartaraf etiş tizimi joriy etiladi;
fuqarolarni birlamçi örganiş jarayonida faqat yagona savolnomadan foydalaniladi;
b) yagona savolnoma asosida aniqlangan birlamçi muammolarni “mahalla yettiligi” vakillari özlarining idoraviy savolnomasidan foydalanib, atrofliça örganiş işlarini taşkil qilinadi;
v) yagona savolnoma asosida fuqarolarning aniqlangan muammolari “mahalla yettiligi” vakillarining elektron platformalariga aholi bilan individual tartibda işlaş uçun buyurtma sifatida şakllantiriladi.
Bunda, buyurtmani “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan körib çiqilişi majburiy hisoblanadi;
g) fuqarolarning yagona savolnoma asosida aniqlangan hamda “mahalla yettiligi” vakillariga hal etiş uçun yönaltirilgan muammolarini körib çiqiş va natijalarini elektron axborot tizimiga kiritiş muddati ön kun etib belgilanadi.
Belgilanişiça:
a) “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan, quyidagi holatlarda yagona savolnomadan foydalanib, fuqarolarning muammolarini örganiş va ularga ijtimoiy-iqtisodiy yordam (xizmat) körsatiş işlari taşkil qilinadi:
fuqaroning murojaati asosida;
uyma-uy yuriş orqali;
boşqa fuqarolar tomonidan şaxsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (xizmat)ga muhtojligi töğrisida xabar berilganda;
b) yagona savolnoma:
Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan “Raqamli mahalla” platformasida yuritiladi;
“mahalla yettiligi” vakillari tomonidan foydalaniladigan mavjud elektron platformalar “Raqamli mahalla” platformasi bilan özaro integratsiya qilinadi;
v) yagona savolnomaga Özbekiston mahallalari uyuşmasi, prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Içki işlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Soliq qömitasi, Yoşlar işlar agentligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga qöşma kelişuvga asosan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş huquqi beriladi;
g) mahalla raisi quyidagilar uçun mas’ul hisoblanadi:
yagona savolnoma asosida mahallalardagi xonadonlar va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlaş işlarini mustaqil taşkil etilişi;
yagona savolnoma asosida aniqlangan hamda mas’ul taşkilotlarga yönaltirilgan muammolarni öz vaqtida körib çiqilişi va ijobiy hal etilişi.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va agentlik bilan birgalikda 2024 yil 1 avgustga qadar “Raqamli mahalla” platformasida “mahalla yettiligi”ning yagona savolnomasi natijasida aniqlangan muammolar böyiça buyurtmalar şakllantiriş hamda uşbu buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yönaltirişga imkon beruvçi “Yagona savolnoma” modulini işga tuşirilişini ta’minlaydi.











