Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kungi selektorda banklarning mahalladagi işidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi.
Davlat rahbari Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari va davlat banklari filiallari boşliqlarining faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirdi.
Rasmiy xabarga köra, viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyuşmalari uçun bu yil sinov va amaliy attestatsiya yili böladi. Keyingi uç oyda natija qilgan rahbar işida qoladi, özgariş qilmagani esa lavozimini tark etadi.
Boş prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada qanday iş ketayotgani, qanday özgariş bölayotganini nazorat qiliş vazifasi qöyildi.
Şu bilan birga, mahallalarda ozodalik, yaşaş madaniyati va hovlilar bilan işlaş masalalari ham tanqidiy körib çiqildi. Hovli uylarni ham boşqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab oliş muhimligi qayd etildi.












