Özbekistonning turli hududlarida Shaffof brendi ostida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari mas’ullariga hukm öqildi.
Kun.uz tanişgan sud hujjatlarida keltirilişiça, Shaffof brendi ostidagi MÇJlar ta’sisçilari – Uluğbek va Oybek Toşmatov boşqa şaxslar bilan til biriktirib, birgalikda jinoiy faoliyat olib boriş uçun uyuşgan guruh tuzgan. Ular 2018-2023 yillar davomida 56 ta Shaffof savdo belgisi ostida faoliyat olib borgan MÇJning 1 trln 376 mlrd 560 mln sömlik savdo tuşumlarini yaşirib, savdo va xizmat körsatiş qoidalarini juda köp miqdorda buzgan. Sudlanuvçilar 2018-2023 yillar davomida Shaffof savdo belgisi ostida faoliyat olib borgan MÇJlarning soliq hisobotlarini yaşirib, qasddan körsatmasdan 447,5 mlrd söm soliq va boşqa majburiy tölovlarni ham tölamagan.
Şuningdek, Uluğbek va Oybek Toşmatov 29 ta holatda 206,5 mlrd sömlik jinoiy faoliyat natijasida topgan daromadlarining kelib çiqişiga qonuniy tus beriş maqsadida uşbu mablağlarga gaz quyiş şoxobçalari, avtomaşina va turar joy sotib olgan.
Bundan taşqari, aka-uka boşqalar bilan til biriktirib, özlari taşkil qilgan «Shaffof sement sanoat» MÇJ nomiga Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasidan ohaktoş va qumtoş qazilmagohini geologik jihatdan örganiş uçun litsenziyalar olgan. Aslida mazkur litsenziyalar ohaktoş va qumtoş qazilmagohlarini geologik jihatdan örganiş huquqini beradi, foydali qazilmalarni qazib oliş huquqini emas. Uyuşgan guruh buni oldindan bilgan holda «Shaffof» ohaktoş konidan 21,731 metr kub, slanets konidan 1,505 metr kub, «Shaffof-2» qumtoş konidan 3,350 metr kub, «Kamişboşi» konidan 4,741 metr kub foydali qazilmalarni qazib olişgan. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 15 mlrd 602 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Uyuşgan guruhning soliq tölaşdan böyin tovlaş jinoyatlari oqibatida Farğona viloyat soliq boşqarmasiga 397 mlrd 132 mln söm, Namangan viloyat soliq boşqarmasiga 8 mlrd 137 mln söm, Andijon viloyat soliq boşqarmasiga 39 mlrd 305 mln söm, Toşkent viloyati soliq boşqarmasiga 2 mlrd 149 mln söm hamda Toşkent şahar soliq boşqarmasiga 867 mln söm zarar yetgan.
Sud hukmi Uluğbek Toşmatov va Oybek Toşmatov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş), 189-moddasi 1-qismi (Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 229-moddasi (Özboşimçalik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Iş doirasida Olim Nurmatovga 5 yil, Rustamjon Abdullayevga 3 yil, Abduraşid Mamajonovga 3 yil 6 oy, Jaloliddin Ikromiddinovga 5 yil, Anvarjon Nişonovga 4 yil 2 oy, Adbulazizjon Tojiyevga 5 yil, Ahadjon Toştemirovga 3 yil, Şerzodjon Umarovga 3 yil, Farrux Mamajonovga 3 yil 6 oy, Omonjon Mirzayevga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazo tayinlangan. Azimjon Turğunboyevga 5 yil ozodlikni çeklaş, Eldor Qosimovga iş haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari, Azam Rizayevga 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi berilgan. Ularning barçasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

















