“Çarm-poyabzal, ipakçilik va gilamçilik tarmoqlarini rivojlantirişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi

Şarof Raşidov tumanida, şuningdek Ohangaron tumanida taşkil etilgan çarm-poyabzal kiçik sanoat zonasi hududini kengaytiriş orqali, çarmni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan çarm-poyabzal sanoati klasterlari taşkil qilinadi.

Sanoat zonalari hududida quriladigan işlab çiqariş bino-inşootlari tadbirkorlarga töğridan-töğri 7 yilgaça muddatga bölib-bölib tölaş şarti bilan yoki ijara asosida beriladi.

Poyabzal va çarm-attorlik mahsulotlarini işlab çiqariş uçun asbob-uskunalarni xarid qiliş maqsadida xorijiy valutada ajratiladigan kreditlarning 3 million AQŞ dollaridan ortiq bölmagan qismi böyiça foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan köp bölmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.

Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va çarm-attorlik mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uçun sarflangan xarajatning 30 ming AQŞ dollarigaça qismi qoplab beriladi.

Sanoat zonalarida taşkil etiladigan korxonalar mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqdan ozod etiladi.