Taqdimotda qayd etilişiça, bugungi kunda 44 mingdan ziyod köp kvartirali uyda 7,1 million nafar aholi istiqomat qiladi. Ularga 900 dan ortiq boşqaruv servis kompaniyasi va 200 dan ortiq şirkat xizmat qiladi. Şuningdek, 856 ta uyda özini-özi boşqariş tizimi joriy etilgan.
Ta’kidlanişiça, boşqaruv kompaniyalarning aksariyati majburiy badal hisobidan faoliyat yuritmoqda, ularning faoliyatiga investitsiya kiritişga tayyor tadbirkorlar kam. Şuningdek, ekspertlarning dastlabki hisob-kitoblariga köra, yirik şahar va viloyat markazlarida boşqaruv servis kompaniyalarining yaşirin daromadlari rasmiy tuşumlardan kamida ikki barobar köp. Bularning barçasi sohaga daromad keltiradigan yangi model işlab çiqiş zarurligini körsatmoqda.

Şu munosabat bilan 2026-2030 yillarda ba’zi şahar va tumanlarda köp kvartirali uy-joylarni boşqarişning klaster tizimini huquqiy eksperiment sifatida joriy etiş taklif qilindi.
Eksperiment doirasida uylar holati tahlil qilinib, “yaşil, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi, kamida 7 ming xonadondan iborat lotlar şakllantiriladi hamda 5 yillik rivojlantiriş dasturlari işlab çiqiladi. Lotlar va master-rejalar tuman kengaşlari tomonidan tasdiqlanadi, boşqaruvçi taşkilotlar esa “Mening uyim” tizimi orqali mulkdorlar tomonidan ovoz beriş yöli bilan tanlanadi.
Boşqaruvçi taşkilotlar uçun minimal moliyaviy va taşkiliy talablar, jumladan, öz mablaği, moddiy-texnik baza, 24/7 dispetçerlik xizmati mavjud bölişi kabi şartlar belgilanadi. Şu bilan birga, qöşimça daromad manbalari sifatida maişiy xizmat markazlarini taşkil etiş, yengil konstruksiyali qurilmalarni barpo etiş va ulardan uzoq muddatli foydalaniş imkoniyatlari yaratiladi.
Majburiy badallar hamda boşqaruvçi taşkilotlarning xizmatlardan tuşadigan barça qöşimça daromadlari faqat “Mening uyim” billing tizimi orqali hisobga olinadi. Uşbu tartibga rioya etmasdan badallar hisobini yuritiş buxgalteriya hisobi va hisobot talablarini buziş hisoblanadi.
Umumiy mol-mulkni ijaraga yoki tekin foydalanişga beriş böyiça şartnomalar soliq organlarida majburiy tarzda hisobga qöyiladi. Belgilangan tartib buzilgan taqdirda, boşqaruvçi taşkilot elektron reyestrdan çiqarib taşlanadi. “Mening uyim” axborot tizimi orqali umumiy yiğilişni taşabbus qiliş, muhokama ötkaziş, qaror qabul qiliş, şartnoma tuziş, hisobot taqdim etiş hamda murojaatlarni yuboriş va körib çiqiş imkoniyatlari töliq yölga qöyiladi.














