Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida boğça tarbiyalanuvçisi muassasada xuddi tişlab taşlaganga öxşaş jarohatlar oldi. Holat 20 may kuni Saroyqörğon mahallasidagi “Yulduzça” nomli nodavlat boğçada röy bergan.
Kun.uz'ga murojaat qilgan onaning aytişiça, 2 yoş-u 9 oylik qizaloği taxminan soat 12 larda şunday holatga tuşgan. Boğça vaqti tugagunça tarbiyaçi bu haqda qizning ota-onasiga xabar bermagan.
“Boğça vaqti tugaşiga yaqin, soat 15:00 larda xöjayinim bolani olgani ketişi kerak edi. Şu vaqtda boğçadagi boşqa tarbiyaçilardan biri menga qönğiroq qilib, “bolangizni olgani kelmaysizmi?” dedi. Men xöjayinim borayotganini aytsam, özim ham qöşilib borişimni aytdi. “Tinçlikmi?” deb sörasam, “ha, tinçlik” dedi. Men xavotir olib, bordim. Qarasam, şu ahvol. Qizim kamida 3 soat şu tişlangan, infeksiya qöl bilan yurgan. Hozir har xil narsalarga ukol olib yotibdi, jabrini qizim tortyapi”, – deydi u.
Tarbiyaçi qizning onasiga bu voqea 2 daqiqada, bolalarning tuvagini yuvişga çiqib ketgan vaqtida sodir bölganini aytgan. Ona esa bunga şubhasi bildirdi.
“Soğlom bola bir marta tişlaydi, qizimni yeb taşlaşgan-ku”, – deydi u.
Kun.uz holat yuzasidan boğça tarbiyaçisining özi bilan ham boğlandi. U voqea taşqariga çiqib kelguniça tezda sodir bölganini, haqiqatan ham e’tiborsizlik qilganini bildirdi. Tarbiyaçiga köra, şundan keyin ertasigayoq boğça ma’muriyati u bilan mehnat şartnomasini bekor qilgan.
Ma’lumotlarga köra, boğça xonalarida kamera yöqligi sabab aslida voqea qanday bölganini bilişning iloji yöq. Qizçaning onasi 20 may kuni holat yuzasidan IIO xodimlariga murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olganini bildirdi.
“Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Ş.ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu borada qöşimça axborot beriladi”, – deya ma’lum qildi bola huquqlarini himoya qiliş organi.
Avvalroq Andijondagi boğçada tarbiyaçi bolani kaltaklagani ma’lum bölgandi.












