IIV xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda jazo muddatini ötaş joyini pul evaziga özgartirib berişni va’da qilgan şaxslar qölga olindi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan vazirlik Jazoni ijro etiş departamenti hamda Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi bilan hamkorlikda Yaşnobod tumanida tezkor tadbir ötkazildi.


1976 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan ikki nafar şaxs Böka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini ötayotgan tanişi orqali uşbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq şahridagi manzil koloniyalaridan biriga ötkazib berişni aytgan va evaziga 1000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ikki nafar şaxs Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga tartibida uşlandi.













