Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rostov viloyati boşqarmasi jazoni ijro etiş koloniyasida uç nafar Özbekiston fuqarosi «sodir etmoqçi bölgan teraktning» oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
FXX ma’lumotlariga köra, gumondorlar Rossiya va bir qator mamlakatlarda taqiqlangan «Islom davlati» (ID, IŞID) terrorçilik taşkiloti tarafdorlari bölib, uçalasi ham oğir jinoyatlar sodir etgani uçun jazo muddatini ötamoqda. Ulardan biri qotillik, ikkinçisi giyohvand moddalar savdosi, uçinçisi qasddan badanga oğir şikast yetkazganlik uçun qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ta’kidlanişiça, gumondorlar «muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga öt qöymoqçi» bölgan. Ular batafsil harakat rejasini işlab çiqqani, ammo uni amalga oşirişga ulgurmagani aytilmoqda. Tintuv çoğida ulardan terrorçilik taşkiloti bayroği tasviri tuşirilgan mato bölaklari va tiğ topilgan.
Teraktga suiqasd moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.








