Joriy yil 23 mayga ötar keçasi Moskva viloyati, Istra şahri, Padikovo qişloği manzilidagi hostelda yonğin yuz berib, unda Özbekiston fuqarolari halok böldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi Konsullik bölimi dastlabki ma’lumotlariga köra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik fuqarolar yaşagan, ulardan 11 nafari - Özbekiston fuqarolari.

Yonğin oqibatida 8 nafar fuqaro halok bölgan, hozirda ularning şaxsi aniqlanmoqda. Halok bölganlar orasida Özbekiston fuqarolari ham bor. Hozirda qurbonlarning jasadi ular şaxsini aniqlaş uçun Istra şahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosida saqlanmoqda. 

Mazkur fakt asosida tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida odam ölimiga sabab böliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Vaziyat elçixonaning konsullik bölimi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ekani aytiladi.