“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oşiriş hamda ixçam boşqaruv tizimini şakllantiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Yuridik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan quyidagi işlar amalga oşiriladi:

  • maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari çuqurlaştirilgan holda öqitilişini taşkil etiş orqali yuridik kadrlarni tayyorlaşda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etiş;
  • Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toşkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini taşkil qiliş hamda ularning iqtidorli bitiruvçilarini “yurisprudensiya” yönalişidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qiliş.

Quyidagi institutlar taşkil etiladi:

  • Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti;
  • Qonunçilikni tahlil qiliş va tartibga soliş ta’sirini baholaş instituti.