Gurjiston parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabişvili tomonidan «çet el agentlari» töğrisidagi qonunga qöyilgan vetoni bartaraf qildi, deb yozdi Paper Kartuli.

Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasidan 84 deputat vetoni bekor qiliş uçun ovoz berdi. Vetoni bekor qiliş uçun kamida 76 ovoz kerak edi.

Konstitutsiyaga köra, qonun endi 3 kun içida prezidentga taqdim etilişi kerak. Agar u rad etsa, parlament spikeri qonunni imzolaşi mumkin va u beş kun içida kuçga kiradi. Ayni damda spiker lavozimini hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi vakili Şalva Papuaşvili egallab turibdi.

Deputatlar yiğilişi çoğida Gurjiston parlamenti binosi yaqinida yana namoyişçilar töplana boşladi. Politsiya ularni binodan uzoqlaştirişga urinmoqda, deb yozdi Paper Kartuli.

«Çet el ta’sirining şaffofligi töğrisida»gi qonun Gurjistonda «çet el agentlari» reyestrini yaratişni nazarda tutadi, unda 20 foizdan ortiq xorijdan moliyalaştiriladigan barça notijorat yuridik şaxslar va ommaviy axborot vositalari körsatiladi.

Uşbu qonun loyihasi keng kölamli norozilik namoyişlari tufayli 2023 yil martida olib qöyilgan edi. Ammo hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi tomonidan 2024 yil aprelida parlamentga qayta kiritildi.

Qonun loyihasi muhokamasi ommaviy norozilik namoyişlari bilan keçdi, biroq 14 may kuni Gurjiston parlamenti uni uçinçi öqişda ma’qulladi. 18 may kuni Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili qabul qilingan qonunga veto qöyib, uni «mohiyati va ruhi jihatidan rossiyaparast» deb atadi. Biroq, vetoni bartaraf qiliş uçun parlamentdagi köpçilik ovoz yetarli edi.

Qonun loyihasining muxoliflari uni «çet el agentlari» töğrisidagi Rossiya qonunining nusxasi deb ataşadi. Yevropa Ittifoqi qonunning qabul qilinişi Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga kirişi yölida «jiddiy tösiq» bölişidan ogohlantirdi. AQŞ Davlat departamenti qonunning qabul qilinişi munosabati bilan Gurjiston uçun vizalarni çeklaş siyosatini joriy qildi, bu mamlakatda «demokratiyaga putur yetkaziş» uçun javobgar şaxslarga nisbatan qöllaniladi.