2024 yilning birinçi çoragida Yevropa Ittifoqi infratuzilmasiga kiberhujumlar soni 2023 yilning sönggi çoragidagidan ikki baravar köp böldi. Bunday ma’lumotlarni Yevropa kiberxavfsizlik agentligi (ENISA) rahbari Yuxan Lepassaar 29 may, çorşanba kuni çop etilgan AP'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Lepassaar hisob-kitoblariga köra, bunday kiberhujumlarning köpçiligi ortida Rossiya bilan aloqasi bölgan hakerlar turişi mumkin. 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan beri «geosiyosiy sabablarga köra» amalga oşirilgan kompyuter buzib kirişlari soni doimiy ravişda oşib bormoqda, dedi AP manbasi.

Agentlik tuşuntirganidek, Yevroparlamentga saylovlar, şuningdek, Britaniya parlamenti va AQŞ prezidentiga saylovlar xavfsizlik xizmatlarining e’tiborini potensial tahdidlar va döstona bölmagan tomonlar tomonidan moliyalaştiriladigan «qöporuvçilik» kampaniyalariga kuçaytirdi.

ENISA'ning 2023 yil uçun yillik hisobotida tölov tölanmagunça kompyuterga kirişni bloklaydigan zararli dasturlardan foydalangan holda hakerlik hujumlari, şuningdek, davlat muassasalariga hujumlar köpayganligi qayd etilgan.

Hujumlar Ukrainada sinovdan ötkazildi

Lepassaarning sözlariga köra, bu hujumlarning hammasi ham muvaffaqiyatli bölmagan. Bundan taşqari, ularning köpçiligi dastlab Ukrainada sinovdan ötkazildi va şundan keyingina Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ötkazildi, deydi ekspert. «Bu Rossiya uruşining bir qismi, u Ukrainada jismonan, ammo butun Yevropada raqamli ravişda ham olib borilmoqda», deb hisoblaydi u.

ENISA rahbari intervyuda ta’kidlagan xavf-xatarlardan biri bu - sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda Ğarb saylovçilariga notöğri ma’lumot beriş. Xususan, gap deepfake texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan video va audio yozuvlar haqida ketmoqda.

Avvalroq, may oyi örtalarida AQŞ Milliy razvedkasi rahbari Evril Xeyns AQŞ Senati razvedka qömitasida sözlagan nutqida xuddi şu narsa haqida ogohlantirgan edi. Uning sözlariga köra, AQŞ saylovlari uçun «eng faol taşqi tahdid» Rossiyadir. Biroq, sun’iy intellektdan foydalanişning yangi texnologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boşqa davlatlar yoki hatto Qöşma Ştatlardagi uyuşmalar dezinformatsiya kampaniyalarini boşlaşga urinişi mumkinligini istisno qilib bölmaydi, dedi u.