Qozoğistondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvozlar xavfsizligi böyiça barça çeklovlar olib taşlandi. Bunday qaror Yevrokomissiyaning Parvozlar xavfsizligi qömitasi yiğilişida Yevropa Ittifoqining 27 davlati aviatsiya hokimiyati vakillari iştirokida qabul qilingan.
Yiğilişda Qozoğiston delegatsiyasi avvalroq aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qanday çoralar körilganini tuşuntirib bergan. Yevropa Komissiyasi amalga oşirilgan harakatlarni ijobiy baholagan.
Mutaxassislar «parvozlarni boşqariş, parvozga yaroqliligini saqlaş, aviatsiya xodimlarini tayyorlaş va litsenziyalaş sohasida sertifikatlaştiriş, nazorat qiliş tizimining samarali faoliyati sezilarli darajada yaxşilanganini» qayd etgan.
Qozoğiston aviataşuvçilari ilk bor 2009 yilda Yevropa Ittifoqining qora röyxatiga kiritilgan edi. Keyin Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) audit davomida öz standartlarining past darajada bajarilişini aniqladi. Şu sababli Yevrokomissiya Qozoğistonning barça aviakompaniyalarining (Air Astana kompaniyasidan taşqari) Yevropa mamlakatlariga parvozlarini taqiqladi.
2018 yilda Yevropa komissiyasi Qozoğiston aviakompaniyalarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvozlaridagi çeklovlarni bekor qildi. Ammo 2019 yilda Bek Air samolyoti halokatidan söng, Yevrokomissiya Qozoğiston aviatsiya ma’muriyatining mamlakatda parvozlar xavfsizligini samarali nazorat qiliş qobiliyatini yana şubha ostiga qöygan edi.








