Bahor mavsumida 600 mingdan ortiq köçat suğoriş tizimi mavjud bölmagan joylarga ekilgan. Ayrim vazirlik, idora va tarmoqlar köçat ekiş tadbirlariga yetarliça e’tibor qaratmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi. 

31 may kuni Senatning Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari va ekologiya qömitasi majlisida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarni kökalamzorlaştiriş, daraxt ekiş va parvariş qiliş borasida amalga oşirilgan işlar töğrisida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirining axboroti eşitildi. 

Qayd etilganidek, loyiha doirasida bahor mavsumida 125 mln tup köçat ekilişi belgilangan bölib, 138,1 mln tup (110,5 foiz) ekilgan. Köçatlarni suğoriş uçun 253 ta suv çiqariş quduqlari va 2906 km uzunlikda suğoriş tizimlari örnatilgan. Suğoriş manbasi mavjud bölmagan hududlarga suğoriş uçun 991 ta maxsus texnika biriktirilgan. 

Şu bilan birga, dastlabki ma’lumotlarga köra, bahor mavsumida 600 mingdan ortiq köçat suğoriş tizimi mavjud bölmagan joylarga ekilgan. Köçatlarni parvariş qiliş, suğoriş, payhon qilinişining oldini oliş işlari yetarli darajada amalga oşirilmagan. 

Hududlarda ekilgan daraxtlarning kasallik va zararkunandalarga qarşi mexanik, biologik, kimyoviy kuraş tadbirlarini moliyalaştiriş mahalliy budjet mablağlari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilangan bölsa-da, uşbu masala hal etilmasdan qolgan.

Hokimliklar, vazirliklar, idora va taşkilotlar tomonidan avvalgi mavsumlarda ekilgan, tabiiy va boşqa omillar hisobiga qurib qolgan daraxtlarni xatlovdan ötkaziş, kökarmasdan qurib qolganlari örniga yangi köçatlarni ekib örnini töldiriş amaliyoti yölga qöyilmagan.

Muhokama yakunida Qömitaning tegişli qarori qabul qilingan hamda kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan mas’ullarga qator taklif va tavsiyalar berilgan.