28-29 may kunlari Toşkenda Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining temiryöl administratsiyalari vakillari örtasida CASCA+ transport yölagi böylab yuk taşişlarni rivojlantiriş böyiça uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda “Özbekiston temiryöllari” matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv davomida CASCA+ transport yölagini rivojlantiriş loyihalari muhokama qilindi. “Özbekiston temiryöllari” kompaniyasi CASCA+ transport yölagi faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun konsorsium taşkil etiş taklifini ilgari surdi.
Bu taşabbusni barça tomonlar qöllab-quvvatlab, konsorsium uçun mutaxassislarni taqdim etişga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bundan taşqari CASCA+ yölak böyiça tez buziluvçi (meva-sabzavotlar) yuklarni refrijyerator konteynerlarda taşişni yölga qöyiş va yölakning sayt faoliyatini rivojlantirgan holda yölak böylab harakatlanuvçi vagon va konteynerlar joylaşuvini (dislokatsiyasini) onlayn tarzda kuzatiş tizimini yölga qöyiş taklif etildi.
- CASCA+ – Ozarbayjon, Gruziya, Qirğiziston, Turkmaniston, Turkiya va Özbekiston davlat temiryöllarining qöşma taşabbusi. Hozirda bu yönaliş uçta mintaqani qamrab oladi – Markaziy Osiyo (Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon va Gruziya), Anadolu (Turkiya).
- Yönaliş nomidagi “+” belgisi marşrut böylab taşişdan manfaatdor yangi potensial iştirokçilarni qabul qilişga tayyorligini bildiradi. Yönalişnning yakuniy maqsadi – Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari, xususan, Xitoyni Yevropa bilan boğlaşdir.












