Özbekiston prezidenti mamlakatning turizm salohiyatini töliq oçib beruvçi global tarğibot kampaniyasini yölga qöyiş vaqti kelganini aytdi.

Bunda televideniye va onlayn platformalar bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalaniş muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga 1 oktyabrga qadar “milliy turizm brendi” töğrisida kontent yaratiş uçun tanlov ötkazib, xalqaro platformalarda tarğibotni yölga qöyiş topşirildi.

Bu maqsadlarga joriy yilda 5 million dollar mablağ ajratiladi.

Auditoriyasi 10 milliondan ortiq bölgan kamida 50 nafar çet ellik blogerlar uçun info-turlar taşkil qilinişi belgilandi.

Joriy yilda Toşkent şahrida, keyingi yilda Xivada Xalqaro gastronomik festivallar ötkaziş, 300 turdan ziyod taomlarga ega milliy oşxonamizni butun dunyoga tarğib qiliş muhimligi qayd etildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga elektron viza tizimini yanada takomillaştirib, mobil ilovani ham işga tuşiriş topşirildi.

Umuman, tarmoq va hududlar rahbarlari joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni olib keliş va turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkaziş uçun mas’ul va javobgar bölişi belgilandi.