Mart oyida ötgan 4-tur bahslaridan keyin 7 jamoa muddatdan avval keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritgan va şu bilan birga Osiyo kubogi-2027 masalasini hal qilgandi. Bular – Özbekiston, Eron, Avstraliya, Iroq, Yaponiya, Qatar va BAA. Qolgan 11ta yöllanmaning sohibi 6 va 11 iyun kungi bahslardan söng ma’lum böladi.

Payşanba kungi bahslar orasida qöşnilarimizdan Qirğiziston keyingi bosqiç masalasini hal qilişi mumkin. Qirğizlar ötgan turda «Dinamo» forvardi Kojo Joelning het-trigi evaziga Xitoy Taypeyi ustidan yirik hisobda (5:1) ğalabaga erişib, öz guruhida Ummonni töplar nisbatiga köra ortda qoldirdi va peşqadamga aylanib oldi. Qöşnilarimiz 6 iyun kuni Bişkekda Malayziyani mağlub etsa, öz tarixida ilk marta 3-saralaş bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişadi.

Yana bir qöşni mamlakat – Tojikiston esa turnirdagi eng muhim uçraşuvi arafasida turibdi. Qöşnilarimiz sönggi turda Saudiya Arabistoni bilan durang qayd etgaç, saudlarning keyingi bosqiç masalasini uşbu turgaça qoldirişdi. Endi esa guruhdagi ikkinçi yöllanma uçun Iordaniyaga qarşi safardagi bahs kutib turibdi. Duşanbedagi bahsda Tojikiston sönggi daqiqalarda ğalabani qöldan çiqargan va uçraşuv durang (1:1) natija bilan tugagandi. Ammandagi töqnaşuv sönggi turlardagi asosiy qarama-qarşilikka aylanmoqda. Zero, Osiyo vitse-çempioni fevral oyida Osiyo kubogi çorakfinalida Tojikistonni 1:0 hisobida mağlub etib, turnirdan çiqarib yuborgandi. Tojiklar Osiyo kubogi finalçisiga qarşi bahsda Qatardagi alamli mağlubiyat uçun ham revanş olişga intiladi. Qöşnilarimiz keyingi bosqiçga çiqiş uçun kamida durang qayd etişi lozim. Sönggi turda ular Pokistonni qabul qilişsa, Iordaniya Saudiyada mehmon böladi.

Payşanba kungi bahslarda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya singari Osiyoning grand jamoalari ham yöllanmani naqd qiliş ehtimoli yuqori. I guruhidan Falastin ham ilk marta 3-bosqiçga yöllanma olişi mumkin.

Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda qöşni Turkmaniston bilan bahsda maydonga tuşsa, Eron Hongkong mehmoni böladi.

JÇ-2026 ikkinçi saralaş bosqiç 5-tur öyinlar anonsi (soatlar mezbon mamlakat mahalliy vaqti bilan körsatilgan):

5-tur oldidan guruhlardagi vaziyat va öyinlar:

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Afğoniston – Qatar

Hindiston – Kuvayt

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Myanma – Yaponiya

Şimoliy Koreya – Suriya

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Singapur – Janubiy Koreya

Xitoy – Tailand

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Qirğiziston – Malayziya

Xitoy Taypeyi – Ummon

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Özbekiston – Turkmaniston

Hongkong – Eron

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Indoneziya – Iroq

Vetnam – Filippin

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Pokiston – Saudiya Arabistoni

Iordaniya – Tojikiston

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Bahrayn – Yaman

Nepal – BAA

5-tur. 6 iyun (payşanba)

Falastin – Livan

Bangladeş – Avstraliya.