Bugun, 6 iyun kuni Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaşining 2-bosqiçida navbatdagi öyinini ötkazadi. Vakillarimiz keyingi bosqiç masalasini hal qilişgan, ya’ni Turkmaniston va Eron bilan öyinlar amalda muxlislarni xursand qiliş va reytingdagi oçkolardan boşqa heç narsa bermaydi. Şu örinda milliy jamoalar böyiça FIFA reytingi, uning saralaş musobaqalarga ta’siri va balki nimalarni özgartiriş mumkinligi haqida söz yuritiladi.
Avvalo aytiş kerakki, 3-saralaş bosqiçi töğridan töğri JÇ yöllanmasini taqdim etadigan bosqiç hisoblanadi va tabiiyki, biz kabi jamoalar uçun bu yerdagi guruhlar tarkibi, kimlar bizga raqib bölişi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Qur’a paytida jamoalarni savatçalarga bölişda ularning FIFA reytingi asos qilib olinar ekan, demak, qur’a natijalari uçun ham uşbu reyting nihoyatda muhim. Xöş, biz qaysi savatdamiz, bizga kimlar raqib bölişi mumkin hamda biz qolgan ikki turda vaziyatni yaxşilab, yuqoriroqqa kötariliş imkoniga egamizmi?
Ayni paytda 3-bosqiçga çiqiş imkoniyatini saqlab qolgan milliy jamoalar böyiça ehtimoliy savatçalar quyidagiça:
- Yaponiya (reyting oçkosi 1621.88), Eron (1612.96), Janubiy Koreya (1563.99);
- Avstraliya (1563.93), Qatar (1507.94), Saudiya Arabistoni (1443.53);
- Iroq (1420.47), Özbekiston (1386.58), BAA (1366.45);
- Iordaniya (1350.21), Ummon (1323.23), Bahrayn (1307.53);
- Xitoy (1275.22), Suriya (1266.52), Falastin (1238.66), Tojikiston (1216.76);
- Qirğiziston (1213.6), Tailand (1208.93), Vetnam (1164.54), Şimoliy Koreya (1160.57), Livan (1158.96), Hindiston (1145.84), Indoneziya (1102.7), Malayziya (1094.54).
Demak, 3-bosqiçda biz yuqoridagi har bir savatçadan bittadan jamoadan iborat bölgan guruhda töp suramiz. Tabiiyki, qançalik yuqoriroq savatçadan örin olsak, kuçliroq raqiblarni çetlab ötiş imkoniyati şunçalik köproq böladi.
Taniqli mutaxassis Alişer Nikimbayev öz telegram-kanalida yozişiça, Özbekiston 2-savatçaga kötarilişi uçun bir qator ehtimoli kam voqealar sodir bölişi kerak. Birinçisi, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni 3-bosqiç yöllanmasini qölga kirita olmasa, Özbekiston Iroq bilan birgalikda 2-savatçaga kötarilişi mumkin. Ammo bu iş sodir bölişi qiyin, bu jamoalar hatto oxirgi ikki öyinni boy berişsa ham, 3-bosqiçga çiqişi mumkin.
Ikkinçi variant, oxirgi öyinlardagi natijalar orqali oçkolar böyiça ikki jamoani quvib ötiş. Buning uçun Özbekiston Turkmaniston va Eron ustidan ğalaba qozonişi, şuningdek, Iroq ikki öyinda 1 oçkodan köp olmasligi, Saudiya Arabistoni esa, har ikki öyinni yutqazişi kerak. Bunga işoniş juda qiyin (maqola yozilayotgan paytda Iroq Indoneziyani 2:0 hisobida yengdi).








