Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozoğistonga borayotgan va qöşni davlatda bölib turgan özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi.
Unda aytilişiça, joriy yil 3 iyun kunidan boşlab, Qozoğistonning barça hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlaş maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Uşbu reyd tadbirlarida Qozoğiston hududida qonuniy bölib turiş va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan çet el fuqarolariga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
Şu munosabat bilan Qozoğistonga borayotgan va bu davlatda bölib turgan özbekistonliklardan migratsiya qoidalariga rioya qiliş söralmoqda.
“Eslatib ötamiz, Özbekiston fuqarolari Qozoğiston hududida 30 kun muddatgaça bölib turişi mumkin, ammo uşbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oşirişi taqiqlanadi. Bundan taşqari, işlaş uçun uşbu davlatga borgan şaxsdan darhol işlaş uçun va vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma oliş talab etiladi”, deyiladi agentlik xabarida.








