«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin va uning yordamçilari Ukrainaga qarşi uruş uçun Rossiya koloniyalarida kamida 48 366 mahbusni yollagan, deya aniqladi «Mediazona» va VVS rus xizmati. 10 iyun, duşanba kuni e’lon qilingan suriştiruvga köra, jurnalistlar «Vagner» XHKning yollanma askarlar qarindoşlariga tölangan tölovlar haqidagi yozuvlari bilan tanişişdi va 2022 yilning yanvaridan 2023 yilning avgustiga qadar 20 mingdan ortiq halok bölgan şaxsning ismni aniqladilar. 

Uşbu ma’lumotlarga köra, «Vagner» XHK guruhning Ukrainadagi faoliyati davomida dafn marosimlariga 108 milliard rubl sarflagan. Ularning 92,5 milliardi yollangan mahkumlarning qarindoşlariga, 15,4 milliardi esa oddiy şartnomalar böyiça jang qilgan yollanma askarlarning qarindoşlariga tölovlar uçun yönaltirilgan. 

Jurnalistlarning aniqlik kiritişiça, şartnomaga köra marhumning qarindoşlari dafn qiliş uçun 5,3 million rubl pul olgan. Ölim haqidagi yozuvlarda marhumlarning sönggi maoşlari ham bor, ular ba’zi hollarda bir yarim million rublgaça yetgan.

Baxmutga hujumda har uçinçi yollangan mahbus halok bölgan

Vagnerçilarning aksariyati «Baxmut göşt qiymalagiçida» halok bölgan, uning boşlanişi, suriştiruv mualliflariga köra, 2022 yil yoziga töğri keladi: ularning ma’lumotlariga qaraganda, 2022 yil iyulidan 2023 yil iyunigaça 19,5 mingdan ortiq kişi vafot etgan, eng qonli kunlarda XHK kuniga 200 dan ortiq odamni yöqotgan. Ölganlarning 17 ming nafari - afv etilgan mahbuslar, qolgan 2,5 ming nafari esa «erkin» yollanma askarlardir. 

Suriştiruv mualliflarining ta’kidlaşiça, Yevgeniy Prigojin öz yollanma askarlari orasida katta yöqotişlarni tan olgani va 20 ming kişi halok bölganiga qaramay, ölgan mahbuslarning haqiqiy soni haqida yolğon gapirgan.

Şu tariqa, rossiyalik harbiy bloger Konstantin Dolgovga bergan intervyusida Prigojin yollangan 50 ming mahkumning taxminan 20 foizi halok bölgani - bu «şartnoma böyiça kelganlar bilan bir xil» ekanini ta’kidlagan. Biroq, jurnalistlar ixtiyoridagi röyxatlarga köra, yollangan har uçinçi mahbus Baxmutdan qaytmagan. 

Mahkumlarning ölimgaça bölgan xizmat muddati - bir yoki ikkita hujum 

Jurnalistlar, şuningdek, ularning fikriça, guruhdagi mahbuslarga bölgan munosabatni körsatadigan xarakterli tafsilotga e’tibor qaratdi: agar birinçi haftalarda yollanganlarga talaffuz va eslab qoliş uçun oson bölgan çaqiruv belgilari berilgan bölsa («Sadist», «Jokey», «Belyy» va şunga öxşaş), keyinroq köproq ekzotik variantlar paydo böldi: «Pembrok», «Serviliy», «Nerviano», «Sirmione». 

«Aftidan, çaqiruv belgilariga nisbatan bunday befarqlikni oddiygina tuşuntiriş mumkin: heç kim bu yollanma askarlarga ratsiyalar berilib, ularda çaqiruv belgilari qöllanadi deb öylamagan. Bu - xizmat muddati bir yoki ikkita hujumdan iborat bölgan şaxslar uçun çaqiruv belgilari», - deya xulosa qilgan suriştiruv mualliflari.

«Vagner» XHKdan yollovçilar butun Rossiya böylab yuzlab koloniyalarga borgan

«Mediazona» va VVS yozişiça, yollanganlarga Kxxx-xxx formatidagi jyetonlar berilgan, bunda birinçi raqam koloniyaga, ikkinçisi esa - şaxsning raqamiga töğri kelgan. Ikkala raqam ham ketma-ket bölgan: masalan, K1 jyetoni vagnerçilar taşrif buyurgan birinçi koloniyaga, K617 esa oxirgisiga töğri keldi, deyiladi suriştiruvda.

Jurnalistlar jyetonlarda körsatilgan 341 ta koloniyani va XHK yollovçilari deyarli butun Rossiya böylab - Yevropa qismidan tortib, Xarp, Norilsk va Magadan viloyati kabi eng çekka joylargaça borganini aniqladi. Prigojinning yordamçilari 227 ta qattiq rejimdagi, 75 ta umumiy rejimdagi va 28 ta maxsus rejimdagi koloniyalarga taşrif buyurgan. Bundan taşqari, mahkumlar manzil-koloniyalar va tibbiy axloq tuzatiş muassasalaridan olingan, deyiladi suriştiruvda.

Jurnalistlar Baxmut uçun janglarda vagnerçilar va Ukraina yöqotişlarini soliştirdi

Xususiy harbiy kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut uçun janglar natijasida Ukraina Qurolli kuçlarining 50 ming askari halok bölgani va yana 50-70 ming kişi yaralanganini ta’kidlagandi. 

Biroq, suriştiruvda boşqaça ma’lumotlar keltirilgan. Ommaga oçiq nekrologlardan foydalangan holda Ukraina yöqotişlarini hisoblaydigan UALosses ukrain loyihasiga köra, Baxmut yaqinida ukrainaliklarning yöqotişlari 8,9 ming kişini taşkil etdi.