“Saidaziz medgorodok” işida sudlanayotganlardan biri Uluğbek Rahimov IIB tizimida işlagan. Bu haqda sudlanuvçining özi sud majlisida bayon qildi.
Uluğbek Rahimov Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani “pasport stoli” (IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi) boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. U mazkur tizimda işlab, pensiyaga çiqqan.
Kun.uz manbasining ta’kidlaşiça, Uluğbek Rahimov va sudda jabrlanuvçi sifatida iştirok etayotgan tadbirkor Xurşid Yöldoşev örtasida yer uçastkasini rasmiylaştirişda pul bilan boğliq nizo kelib çiqqan. Sobiq IIB xodimi uşbu oldi-berdini hal qiliş maqsadida Saidaziz Saidaliyevga murojaat qilib, uning “xizmati”dan foydalangan.
Holat jinoyat işi qözğatilişi va Saidaziz Saidaliyev hibsga olinişidan ança avval sodir bölgan. Bu uçlik örtasida masala qanday şartlar asosida hal bölgani manbaga ma’lum emas.
Tadbirkor Xurşid Yöldoşev Toşkent şahar IIBBning Saidaziz Saidaliyevdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilişlari mumkinligi haqidagi e’lonidan söng yuqoridagi holat böyiça murojaat qilgan.

Eslatib ötamiz, bugun jinoyat olami vakili sifatida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kişiga nisbatan sud jarayonlari boşlandi. Ularning aksariyati tovlamaçilik, firibgarlik, bezorilik, pora beriş, öğrilik, öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş kabi qator jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanmoqda.












