Sergeli tumanida joylaşgan avtoservisda yonğin sodir böldi. Toşkent şahar FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toşkent şahar, Sergeli tumani, 6a-dahadagi avtosalon oldida joylaşgan avtoservisda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 13:44 da qurşab olingan va soat 13:51da öçirilgan.
Yonğin natijasida avtoservisning içki qismi va içki qismida bölgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.
Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.
Voqea joyiga şahar va tuman FVB rahbar xodimlari çiqqan.








